Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish



Yüklə 13,69 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,69 Kb.
#207084
  1   2   3   4   5
Asadova Nargiza Rustamovna

Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish

Asadova Nargiza Rustamovna

REJA:

1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi

2.To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning hisobi va rasmiylashtirilishi

3.To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi

Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir.
Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi

Tovar ayirboshlash


Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar).
Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.

Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi.


Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi.

Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishi


Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.

Yüklə 13,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin