Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’zgaruvchan raqobat muhiti va


I. Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix07.03.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#86930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ишчи дастур Экон. асослари (3-к, сиртки, менеж) 2019

 
I. Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, 
taqchil resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga innovatsiyalar kiritish 
orqali ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishdan 
iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga keladigan noaniqlik va tavakkalchilik 
sharoitlarida ishlab chiqarish korxonalari va firmalari faoliyati tahlilida 
ekonometrik modellardan foydalanish, bozor kon’yunkturasini ekonometrik tadlil 
qilish, raqobatchi korxona va firmalar xatti-harakatini nazorat qilish, korxonalar 
ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni ajratish va tahlil qilish, asosiy 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini kelgusiga prognozlash, inflyatsiya va ishsizlik 
jarayonlarini o’rganish muhim hisoblanadi. 
 
II. Fanning maqsad va vazifalari 
“Ekonometrika asoslari” fanini o’qitishdan maqsad talabalarda bozor 
munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab 
iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o’rgatishdan, 
o’rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni 
qo’llashni, iqtisodiy dinamikani o’rganishda turli xil funktsiyalar, ekonometrik 



modellarni kompyuter dasturlari yordamida echish va olingan natijalarni iqtisodiy 
tahlil qilish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo’nalish profiliga mos 
bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 
Fan o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda va ushbu sohada vujudga kelishi 
mumkin bo’lgan amaliy muammolarni echishda ekonometrik usullar va modellar 
hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o’rgatish; 
bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo’llari va usullarini bilish;
turli iqtisodiy ko’rsatkichlarni ekonometrik modellar yordamida tahlil qilish 
va istiqbollashni amalga oshirish yo’llarini; 
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin 
bo’lgan turli vaziyatlarni iqtisodiy matematik modellar va ekonometrik modellar 
orqali tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirishni;
firmaning bozor strategiyasini tanlash bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish va 
qarorlar qabul qilishni o’rganadi. 
Shuningdek, “Ekonometrika asoslari” fani fundamental fanlardan biri bo’lib, 
boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. 
“Ekonometrika asoslari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 
– bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmini, bozor 
iqtisodiyotining tavakkalchilik va noaniqlik elementlarga ega bo’lishini; 
– iqtisodiy ko’rsatkichlarning doimiy o’zgarishda bo’lishini, ishlab chiqarish 
jarayonlarini tahlil qilishda axborotlardan foydalanishni; 
– ekonometrik modellashtirish tamoyillarini, ekonometrik modellar tuzishda 
axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni; 
– iqtisodiy tizimlarning faoliyat ko’rsatish samaradorligi va unga ta’sir 
qiluvchi omillarni, raqobat va tavakkalchilik sharoitida optimal boshqaruv qaror 
qabul qilish usullarini haqida tasavvurga ega bo’lishi
– iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlarning amal qilish mexanizmini; 
– murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni modellashtirish tamoyillarini; 
– ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlash usullarini; 
– ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy ko’rsatkichlarini; 
– mikro- va makro jarayonlar tahlilida qo’llaniladigan matematik usullar va 
modellarni; 
– noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida optimal qaror qabul qilish usullarini 
kompyuter texnologiyalari asosida modellashtirishni bilishi va ulardan foydalana 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin