3
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’zgaruvchan
raqobat muhiti va
bozor sharoitini ilg’ab olish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur tahlil
qilishda jahon hamjamiyatida O’zbekiston o’z o’rnini egallashi,
raqobatbardosh
iqtisodiyotni yaratish hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish
o’rinlarini tashkil qilish orqali bandlik muammosini hal etish,
aholining
daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-
quvvatlash, ta’lim tizimida zamonaviy axborot va ilg’or
pedagogik
texnologiyalarni qo’llash – ustuvor masalalar bo’lib qolmoqda.
“Ekonometrika asoslari” fani ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning
ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellarni
turli xil mezonlar asosida
tekshirish va ularni tadbiq qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognoz
qilishni o’rganadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro’y berayotgan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar
tashqi iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday
iqtisodiy o’sishga
erishishda, avvalambor, keng ko’lamli tizimli bozor islohotlarini
joriy etish va xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni
jadal rivojlantirishga
qaratilganligi katta ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish,
texnik va
texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish va bu jarayonlarda
ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish muhim vazifalardan
hisoblanadi.