#Tadbirkorlik – bu: -qonun xujjatlariga muvofiq daromad olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat;
-bozor iqtisodiyotida xo`jalik yuritishning asosiy sub`ekti hisoblanadi;
-tadbir bilan, puxta o`ylab ish tutadigan kishi;
+yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati;
# Biznesmen – bu: +biznes bilan shug’ullanuvchi shaxs
-biznes bilan shug’ullanuvchi tashkilot
-erni ijaraga berib, renta orqali pul topuvchi shaxs
-pulni bankka qo`yib, foiz orqali pul topuvchi shaxs
#Tadbirkor – bu: -yuridik shaxs sifatida doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxs
+yuridik shaxs bo`lmasdan doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs
-tadbirkorlik bilan puxta o`ylab ish qiladigan kishi
-javoblarning hammasi to`g’ri
#Biznes qilishdan maqsad: -foyda olish va uni muttasil oshirib borishdir
-xarajatdan ko`ra ko`proq daromad olishdir
-biznesni rivojlantirish va sotsial ehtiyojlarni qondirish
+ A va B javoblar to`g’ri
#Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri biznes qilishning g’ayri qonuniy usullari hisoblanadi? -qallovlik va tovlamachilik
-poraxo`rlik va o`g’rilik
-narkotik moddalar bilan shug’ullanib pul topish
+hamma javoblar to`g’ri
#Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri tadbirkorlik tamoyillari bo`lib hisoblanadi? -mulk sohibi bo`lish
-iqtisodiy erkinlik va mas`uliyat
-iqtisodiy tavakkalchilik
+hamma javoblar to`g’ri
#Tadbirkorlik siri deganda tadbirkorning: -o`z sha`nini avaylash tushuniladi
-xalq orasida obro`-e`tiborli bo`lishga bo`lgan xarakati tushuniladi
+yangi texnologiyani qo`llashni mahfiy tutishi tushuniladi
- firma nomini e`zozlash, unga dog’ tushurmaslik tushuniladi