“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 243 http://iqtisodiyot.tsue.uz innovatsiyalar asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shunday qilib, innovatsiyalar
raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatini beradi. So'nggi yillarda buni nafaqat
iqtisodchilar, balki siyosatchilar ham tushunishmoqda. Asosiy maqsadlarga erishish uchun
yalpi ichki mahsulotning 3 foizini ilmiy-
tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, bandlik darajasini 70
foizga yetkasish , byurokratiyani qisqartirish
, korrupsiyani yo‘qotish
va tadbirkorlikni
rag
‘batlantirishni amalga oshirish kerak. Bu muammolar hal etilsa, mamlakatimizda
iqtisodiyotimiz innovatsion jihatdan rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ilmiy-
tadqiqot va innovatsiyalar uchun davlat byudjetlaridan mablag' ajratish va uni ta'minlash
hajmini oshirish nazarda tutilgan. Xususan, uchta asos
iy yo‘nalish ustuvorlik kasb etadi
:
➢
ta’limga va intelektual mulkni shakllantirish va ko‘paytirishga sarmoya kiritish;
➢
sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardoshlikni kuchaytirish;
➢
mehnat bozorida monomarkazlar tashkil etish .
Ko'rinib turibdiki, yuqorida aytib o'tilgan barcha holatlarda raqobatbardoshlikni
oshirish innovatsiyalar bilan bog'liq. Mamlakatlar va alohida korxonalar o'rtasida samarali
bilim almashinuvi uchun tadqiqot o’tkazish hamda bilimlarni kengaytirish uchun
muvofiqlashtirilgan va umumiy makonni yaratish zarurat hisoblanadi. Gap nafaqat
texnologiyalarni tadqiq etish va ishlab chiqarishni, intellektual mulk huquqlarini himoya
qilishni qo‘llab
-quvvatlash,
balki innovatsiyalarning tarqalishi va tarqalishini ta’minlash
haqida ketmoqda, chunki innovatsiyalar joriy etilgan joyda samara kutilgandek
bo’ladi
.
O‘zbekiston
sanoatida innovatsiyalardan foydalanish borasida yangi tendentsiya
shakllandi. Bunga qadar, arzon ishchi kuchidan foydalangan holda tabiiy resurslarni qayta
ishlash bilan bog'liq tarmoqlar ustunlik qilgan.
Biroq, bugungi kunda O‘zbekiston tabiiy
resurslaridan foydalanishga tubdan yangicha yondashuvni maqsad qilgan. Buning yorqin
namunasi yangi UzGTL zavodi tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha
qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishn
ing yo‘lga qo‘yilganidir. Bu kabi yirik loyihalar
tufayli O‘zbekiston bosqichma
-bosqich tabiiy gaz xomashyosi eksportidan voz kechib, neft
mahsulotlari importini kamaytirmoqda. Bu esa, energetik mustaqilligimizni mustahkamlashga
salmoqli hissa qo‘shilayotganidan dalolat beradi. Nafaqat O‘zbekiston, balki MDH
mamlakatlari ichida eng yirik investitsiya loyihalardan biri hisoblanadigan mazkur UzGTL
majmuasi ham innovatsion ishlab chiqarish namunasidir. Shuningdek, MDH hududidagi eng
zamonaviy va innovatsiyalardan biri bu
–
korxonaning markaziy boshqaruv pulti va zavod
markaziy laboratoriyasidir. Yangi korxona GTL, ya’ni "gazni –
suyuqlikka" texnologiyasi asosida
yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 million tonna tayyor mahsulotlar
–
aviak
erosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bunday
zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda
–
Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo
etilgan. Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollari yoki 12,8
trillion so‘mdan ortiq
import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqariladi.
GTL
texnologiyasi asosida tabiiy gazdan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish uch bosqichda
amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya asosida tayyo
rlangan zamonaviy yonilg‘i turlari ekologik
jihatdan sifatli va toza. Bu esa, o‘z navbatida, bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan
tabiatga zarar yetkazmaslik tamoyiliga ham mos tushadi. Masalan, GTL dizel yonilg‘isini olaylik.
Yuqori texnik tavsifga ega
va tarkibida oltingugurt miqdori deyarli bo‘lmagan GTL dizelidan
atmosferaga aytarli chiqit chiqmaydi. Xuddi shuningdek, GTL kerosini aviakompaniyalarga
atmosferaga chiqariladigan zararlarni kamaytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif etadi.