“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 244 http://iqtisodiyot.tsue.uz Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ortiqcha bug‘ hisobiga
avtonom tarzda elektr energiyasi ishlab chiqariladi. YA’ni, “Uzbekistan GTL” zavodini elektr
energiyasi bilan ta’minlash masalasi ham innovatsion tarzda hal qilindi. S
hunday qilib, korxona
nafaqat o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini mustaqil ravishda ishlab chiqaradi,
balki zarur hollarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining qo‘shimcha hajmini milliy elektr
tarmoqlariga ham yetkazib beradi. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalar asosida qayta
ishlangan gazdan zamonaviy yuqori sifatli UzGTL маҳсулотлари ишлаб чиқарилади. Shu
bilan birga, UzGTL zavodida ishlab chiqarilgan nafta polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni
ko‘paytirish uchun “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi”ning ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish obyektlariga qayta ishlash uchun yuboriladi va shu orqali yagona neft-gaz-kimyo
klasteri yaratiladi.
Qayd etish lozimki, UzGTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi ya
ratilishida
Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQSH) va Honeywell kabi yetakchi
kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlaridan foydalanildi. Yuqori xalqaro standartlarga
javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinchi navbatda respublikaning neft mahsulotlariga,
xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojini
qoplash uchun yetkazib beriladi. Qolaversa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli
bo‘lgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kildash kerakki, UzGTL zavodi O‘zbekistonda uglevodorod
xomashyosini chuqur qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning
namunasi va mamlakatimiz neft-
kimyo sanoatining rivojlanish sur’atlarining bir ko‘rsatkichi
hisoblanadi.