13
- Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliq deyarli barcha
mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi
daromadlarini tartibga
solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq
stavkalarining eng yuqori cheharasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi
kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70 - 80
yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda
qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar
tomon migratsiyasiga olib
kelgan.
- Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning
samaradorlik va adolat printsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi
soliqga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqning uzoq
muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi.
Milliy va xorijiy
investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq
majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez
o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan
taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqning byudjetga ijobiy ta’siridan
tashqari,
muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol
foydalanish
mumkin.
Narx-navoning
isloh
qilinishi,
tashqi
savdoning
erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo
bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini
yuzaga keltiradi. Bu vazifani Soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo’li
orqali hal
etish mumkin.
Shunday qilib, soliqning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab,
qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar
mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliq
nafaqat davlat byudjetining
tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini
byudjetning
o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida
moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
14
Soliqlarning rag’batlantiruvchanligi soliq imtiyozlari va soliq stavkalari orqali
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: