Odamning xromasoma to`plamida bitta ortiqcha xromasoma bo`lib, diploid to`plamida ularning soni 47 taga borib qoladi. Bu daun kasalligidir. U tug`ma aqliy qoloqlik bo`lib jismoniy jihatdan rivojlanishda kamchilik bo`ladi.
Daun kasalligining tashqi belgilari: boshning dumaloq, kichikroq bo`lish va ensaning yassi tortib qisqarib qolgani, liqqildoqlarninig kech bekilishi. Peshonaning tekis tor bo`lib, sochli joyi chegarasining past turishi. Ko`z tirqishlarining tor bo`lib, qiyshiqroq turishi. Burunning kalta asosining kengayganligi. Og`izning yarim ochiq turishi, tilning qalin tortib ko`ndalangiga ketgan chuqur –chuqur egatchalari borligi. Quloq supralarining kichkinaligi. Qo`l barmoqlari yo`g`on, yassi, kalta va qiyshaygan.