Is gazi va oziq- ovqatlarda zaharlanishda birinchi tibbiy yordam



Yüklə 33,67 Kb.
səhifə1/6
tarix23.04.2022
ölçüsü33,67 Kb.
#56135
  1   2   3   4   5   6
IS GAZI VA OZIQ


IS GAZI VA OZIQ- OVQATLARDA ZAHARLANISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM

Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi. 
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: 
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan); 
b) ishlab chiqarishdagi; 
v) bolalardagi
g) tibbiy; 
d) biologik; 
e) ovqatdan. 
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi: 
1) ingalyatsion (tutun holida); 
2) teri orqali
3) ichak orqali; 
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy). 
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim. 
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi. 
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim. 
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak. 
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim. 
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi. 

Yüklə 33,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin