Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin: * videofragmentlarni frontal ko‘rish;
* topshiriq, mashqlarni individual bajarish;
* umumiy o‘quv loyihalari, modelli tajriba-sinovni amalga oshirishda kichik guruhlarda ishlash;
* media mashg’ulotlarni tashkil etishda ham o‘quv jarayonining hamma komponentlari o‘z aksini topishi va kompyuterdagi va kompyutersiz faoliyat almashib turishi mumkin;
* faollashtirish (o‘quv materialini takrorlash, materialni birdaniga o‘zlashtirish, kompyuterda yoki kompyutersiz);
* bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, o‘quv axboroti blokining mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash (kompyuterda yoki uning ishtirokisiz);
* o‘quv materiallarini amalda qo‘llay olishini nazorat qilish (kompyuter va kompyutersiz).
Kompyuterlashgan o‘quv xonalarida o‘quv faoliyatining samarali kechishi uchun u yerda qo‘shimcha joylashtirilgan o‘quv stollaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu holat sanitariya me’yorlariga rioya etish, bolaning o‘quv faoliyatini boshqa joyda tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunday almashinuvlar bolani charchashdan saqlaydi. Agar tarbiyachi ko‘rgazmali tasvirlardangina foydalansa, ularni kompyuter ekranida namoyish etish bilan cheklanadi.
3. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari.Maktabgacha ta’lim o‘quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni yechishni to‘g’ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarni to‘g’ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi.
Ta’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bog’langan holda maktabgacha yoshdan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g’urur tuyg’ularini shakllantirishga qaratiladi.
Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida nega o‘qitamiz? nimani o‘qitamiz? qanday o‘qitamiz? degan savollarga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? degan savolga javob beradilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni «O‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin» degan fikrga olib keladi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim- tarbiyaviy jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to‘g’ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tarbiyalanuvchilardan ko‘p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi.
Har qanday pedagogik texnologiyalarning o‘quv tarbiya jarayonida qo‘lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o‘qitayotganligi va pedagog kimni o‘qitayotganiga bog’liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini oshirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba yoki o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakaga egaligini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innavation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba yoki o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi11.