Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə36/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
4. ДАРСЛИК

Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlami, gap bilan fikming tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvumi shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikming raVonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok, etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralami bog‘lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplami bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli - bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang- barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplami parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o'rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalaming birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklami hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘ llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya maz- munini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir. Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikrlarida kombinatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matolar tuzishni o‘qitishni ishlaming suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tu­zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi. So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlami nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida- gi ishlaming umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Ona tilining lug‘at tarkibini egallash uning grammatik tizimini o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakllantirishning zarur shartidir.
So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmunidir. Insonda so‘zlaming turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniqlikni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon fikrlami hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ulami mazmuniga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Narsalaming so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ulami o‘rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab­gacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlami qo‘llashdagi semantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir. Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida jshlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog‘liqliklar o‘matilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlarni mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til birliklari o‘zaro bog'langan va bir-biriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid qatorlarni tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida joylashadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p ma`noli so‘z bo‘lmish igna archasimon daraxt bargi ma’nosida quydagi semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi - novdalar - yashil - momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq

  • mato ustidan ip bilan tikmoq - ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ylagi - naqsh - o‘tkir-o‘tmas va h.k.

Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ulami rivojlantirish uchun pedagog turli vositalami qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin