Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Bolalarning lug’atini aniqlash va mustahkamlash



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə111/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
4. ДАРСЛИК

Bolalarning lug’atini aniqlash va mustahkamlash - bolalar lug’atidagi so’zlarni mustahkamlashga tarbiyachi alohida e’tibor berishi zarur. Bu vazifa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh individual xususiyatlarni hisobga olgan holda amalgam oshiriladi. Bog’cha yoshidagi bola lug’atida so’zlarning mustahkam o’rnashishi uchun uni ko’p marta takrorlash zarur. Bola xotirasida qiyinlik bilan mustahkamlanadigan murakkab so’zlarga quyidagilar kiradi: 1) umulashtiruvchi so’zlar: uy hayvonlari (ot, sigir, qo’y, echki, eshak); mebel (stul, stol, divan, xontaxta, javon); oyoq kiyimlar (tufli, patinka, shippak, kavush, kalish), idish-tovoqlar (likopcha, kosa va hokazolar; 2) mavhum so’zlar (jimjitlik, sarg’ish, tozalik, go’zallik); 3) sifatlarni bildiruvhci so’zlar (g’adir-budur, tip-tiniq, nordon, shaxarlik, temirdek) va hokazolar.
Bolalarning lug’atini boyitish - bolalar lug’atini boyitish deganda, biz, ularni mustaqil o’zlashtirishlari uchun qiyin bo’lgan yangi so’zlar bilan muntazam tanishtirib borishni tushunamiz. Bolalar lug’atini boyitish ishi uch yo’nalishda olib borilishi mumkin: 1. Sekin-astalik bilan miqdori ortib boradigan buyumlar va hodisalar bilan tanishtirib boorish.2. Tevarak-atrofimizni o’rab turgan peredmetlar va hodisalarning nomini, sifatini, xususiyatlarini, ulaning o’zaro munosabatlarini bildiruvchi so’zlarni kiritish.3. Peredmetlarning belgilariga qarab farqlash va umumlashtirish asosida boshlang’ich tushunchalarni bildiruvchi so’zlarni kiritish. Lug’atni boyitish ishining uch yonalishi bo’yicha olib boriladigan ish hamma guruhlar uchun taaluqli bo’lib, farq mazmun jihatdan farq qiladi. Bola lug’atiga muomaladan chiqarilgan mahalliy shevaga oid so’zlarni kiritish yaramaydi.
Davlat va jamiyat- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyor­lash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Didaktik tizim - (yunoncha «systema» - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini bejgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlami modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Didaktika – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “o’rgatuvchi”, “ta’lim beruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Pedagogikaning tarmog’i hisoblanib, ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin