Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə26/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
4. ДАРСЛИК

Kutilayotgan natijalar:
Bolalaming gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beri­shi (lablar, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, og‘iz, lablar) haqidagi tushunchalari yanada mustah­kamlanadi. Tilning asosiy harakatlari: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirishni mus­taqil bajara oladilar.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:
Aqliy hujum.
Qisqa hikoya.
Savol-javob.
Tetiklashtiruvchi mashqlar.
Kerakli jihozlar:
«Quvnoq tilcha haqida» ertagi bilan ishlashni mo‘lj allash.
Mashg‘ulotnmg borishi.Tarbiyachi: Bolalar, qani ayting-chi: «Biz nima orqali gapiramiz?» (og‘zimiz bilan). To‘g‘ri, og‘zimiz orqali. Og‘zimiz uychaga o‘xshaydi. Bu uychada nima yashaydi? To‘g‘ri, til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab ko‘ring-chi. Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birin­chi eshigi-lablar, ikkinchi eshigi -tishlar. Bu uyning shifti ham bor edi. Bu nima deb atalar edi? To‘g‘ri, tanglay. Biz gapirmaganimizda uychaning ikkala eshikchasi yopiq bo‘ladi va tilcha ko‘rinmaydi. Hammangiz og‘zi:agizni yoping va bir-biringizni og‘zingizga qarang. Tilcha qorong‘ida o‘tiraverib zerikib, ko‘chaga chiqib sayr qilib kel- moqchi bo‘ladi. Avval til uchini chiqarib, havo qanday ekanligini bilib olmoqchi bo‘ladi. Kelinglar, hammamiz shunday qilamiz (tar­biyachi bolalarni bu harakatni qanday bajarayotganliklarini tekshirib chiqadi). Mana, qanday keng tilcha, hammangiz bir-biringizga qaranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bo‘lib oldi, so‘ngra butunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavatchasiga cho‘zildi. (bolalarni tekshirish). Uyqudan uyg‘ongan tilcha mashq qilmoqchi bo‘ldi, yuqoriga ko‘tariIa boshladi.(yuqoridagi tishlar orqasiga), so‘ngra pastga tushadi (pastki tishlar orqasiga) (tar­biyachi har bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-sekin bajaradi, so‘ngra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay- yetay dedi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qo‘ydi.Tilcha mashq qilib bo‘lgach, yana ko‘chaga chiqmoqchi bo‘ldi. Ko‘chaga chiqib zinapoyaga o‘tirdi(tiIning keng oldingi qirrasini pastki labga qo‘yish, bolalar bu harakatni bajarayotganlarida pastki lablarini qiyshaytirmasinlar, pastki tishlarga tegizmasinlar). Bir o‘zi o‘tiraverib zerikdi, o‘ynash uchun ko‘chada hech kim yo‘q edi. Bolalar yo‘qmikin, deb tilcha avval o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga qaradi. Hech bir bola yo‘q edi. Bolalami qidirib uyining atrofida yugura boshladi(til og‘iz atrofida aylanma harakat qiladi). Birga o‘ynash uchun sherik topdi, sevinganidan sakradi, va tili bilan cho‘lpillatdi (tilni tanglayga yopishtirib, uchi bilan cho‘lpillatadi (bolalar tekshiriladi). Tilcha mazza qilib sayr qilganidan so‘ng uyiga ketdi va ikkala eshikni yopdi. Uychasining eshiklari oddiy emas, ikki qavatli. Bular - lablar. Mana yuqorigisi, mana pastkisi (ko‘rsatadi). Lablar ham ko‘p harakat qila oladilar. Mana ular ko‘p harakat qilib jilmayishdi. Kelinglar ham­mamiz jilmayamiz, so‘ngra ular nimagadur achchiqlandilar va oldinga naychaga o‘xshab cho‘zildilar (tekshirish). So‘ngra lablar biroz ochilib, ikkinchi eshikni ko‘rsatishdi (tarbiyachi tishlarini ko‘rsatadi). Mana yuqorigi tishlar, mana bu pastki tishlar.
Hamma eshiklami yopamiz, tilcha juda ham charchadi, uning dam olgisi kelyapti.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin