Ish haqi va uning turlari Ish haqini tartibga solish Mehnatga oid munosabatlar 3



Yüklə 17,47 Kb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü17,47 Kb.
#183393
1   2   3   4   5   6   7   8
Ish haqqini aniqlash-fayllar.org

Vaqtbay
va ishbay ish haqi
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga
qarab mehnatga haq toʻlashning, asosan, vaqtbay va
ishbaytizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim
oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bogʻliq boʻladi,
yaʼni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik
darajasiga bogʻliq emas. Ishbay ish haqi xodimning maʼlum vaqt
mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan oʻlchanadi.
Ishbay ish haqining koʻrinishlaridan biri — akkord ish haqi.
Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi,
umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan
keyin ish haqi oxirigacha toʻlanadi. Ish haqining bunday shaklidan
koʻpincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar
mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari
uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay
mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan
ajratiladigan moddiy ragʻbatlantirish fondidan mukofotlash tizimidir.





Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash
aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif
omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining oʻrtacha
darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga
qaraganda ancha yuqori darajada turadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishlab
chiqarishning bevosita qatnashchisi
boʻlgan xodim hamda uning oila
aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati
sharoitlarini taʼminlashidan iborat.
Qiymatning mehnat nazariyasi ish
kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb

Yüklə 17,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin