Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarish ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida xujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hsoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lash;
soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan muddatlarda olib borish;
hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazish;
operativ boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;
ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonagayetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish;
xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash;
ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;
sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;
hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash;
ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qo‘llash;
mehnatga haq to‘lash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Asosiy bulmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |