Ish vaqti klassifikatsiyasi yordamida har xil korxonalarda, bo’limlarda, uchastkalarda, ish joylarida ish vaqtidan foydalanish darajasi aniqlanadi, unga tegishli baho beriladi, ilg’or ish usul va uslublari hamda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishning qo’shimcha imkoniyatlari aniqlanadi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan savollarga javob topishga imkoni tug’iladi.
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga bo’linadi. Ish vaqti, o’z navbatida, ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish uchun sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishda ko’zda tutilmagan ishlarni bajarish uchun sarflanandigan ish vaqtiga ajraladi.

Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash uchun texnologik jarayonda ko’zda tutiladi, operatsiyalarni va ishlarni bajarish vaqti bilan bog’liq. Bu xildagi vaqtga norma belgilanishi lozim vaqt bo’lib, u vaqt normasi tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish uchun kerakli vaqt unumli ish vaqtiga kiradi.
Tanaffus vaqtlari shunday vaqtki, bu vaqt davomida ijrochi ishni yoki xizmatni bajarishda bevosita qatnashmaydi. Tanaffus vaqti normalashtirilgan tanaffuslarga va normalashtirilmagan tanaffuslarga bo’linadi. Normalashtirilgan tanaffus vaqtiga dam olish uchun, shaxsiy ehtiyojlar uchun, ish paytidagi jismoniy tarbiya uchun hamda mavjud texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan tanaffus vaqti kiradi.