Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jaraѐnida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashѐviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.1 Ish bilan band bo‘lish uchun mexnatga layoqatli, ya’ni mehnat qilish qobilyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi:
Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
16 yoshden-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
16 yoshdan-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar.
Balog‘at yoshiga etmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha bo‘lganlar).
Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nafaol aholi qatlamlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 74-75 foizi, iqtisodiy faol, 25-26 foizi iqtisdiy nafaol hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining 95% ga yakini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy nafaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlardan iborat (2010 y.
O‘zbekistonda doimiy aholi, mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni2 23- jadval