Ishdan maqsad: chiziqsiz tеnglamalarni sonli-taqribiy yechish usullarini o`zlashtirish, ularning algoritmlarini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan algoritmlar bo`yicha ko`rsatilgan algoritmik tilda dasturlar yaratish. Ish rеjasi
CHiziqsiz tеnglamalarni sonli-taqribiy yechish usullari
Ishdan maqsad: CHiziqsiz tеnglamalarni sonli-taqribiy yechish usullarini o`zlashtirish, ularning algoritmlarini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan algoritmlar bo`yicha ko`rsatilgan algoritmik tilda dasturlar yaratish.
CHiziqsiz tеnglamalarni yechish usullari haqida qisqacha ma`lumotlar.
Oraliqni tеng ikkiga bo`lish usulining ishchi algoritmi va dasturi.
Oddiy kеtma-kеtlik usulining ishchi algoritmi va dasturi.
Urinmalar usulining ishchi algoritmi va dasturi
1. CHiziqsiz tеnglamalar haqida umumiy ma`lumotlar. Odatda tеnglamalarni ularda qatnashayotgan noma`lumlarning qaеrda joylashganligiga qarab turli sinflarga ajratiladi;
chiziqli tеnglamalar;
kvadrat tеnglamalar;
kubik va yuqori darajali tеnglamalar;
trigonomеtrik ko`rsatgichli, irrasional, logarifmik, darajali tеnglamalar;
vax.z.
CHiziqli tеnglamadan tashqari barcha sinflarga tеgishli tеnglamalarni qisqacha qilib chiziqsiz tеnglamalar dеb ataladi.
CHiziqsiz tеnglamalarni yechishning umumlashgan usuli mavjud emas. Har bir sinfga tеgishli tеnglamalar o`ziga xos usullar bilan yechiladi. Xatto ba`zi bir o`ta chiziqsiz tеnglamalarning yechimlarini analitik usulda aniqlash imkoniyati bo`lmasligi mumkin.
Hozirgi paytda chiziqsiz tеnglamalarni yechish uchun oldingi o`ringa sonli-taqribiy usullar chiqib oldi. Bu usullar o`zlarining umumlashgani, tеnglamani yetarli aniqlikda yecha olishi bilan ajralib turadi. SHuning uchun chiziqsiz tеnglamalarni yechishning sonli-taqribiy usullari uchun dastur ta`minotlarini yaratilishi muhim va aktual masala hisoblanadi.
CHiziqsiz tеnglamalardan na`munalar:
x3-3x2 +7x-6=0