1.3.7. Klasslar Klass – bu dasturchi tomonidan ixtiyoriy kiritilgan mavjud tiplar asosida yaratilgan strukturalangan toifa hisoblanadi. Klasslar lokal va global o‘zgaruvchilar va ular ustida amal bajaradigan funksiyalar to‘plamidan iborat bo‘lishi mumkin. Klasslar quyidagicha tasvirlanadi:
class klass_nomi{ ; }; Klasslarga oid misol:
#include using namespace std; class daraxt { public: unsigned int uzunligi ; unsigned int yoshi; int o_sish(int i){ i++; return i; }; }; int main() { int k=2; daraxt olma_daraxt; olma_daraxt.uzunligi=5; olma_daraxt.yoshi=7; cout< system("pause"); } Natija: 3 Ishni bajarishga namuna Berilgan topshiriq variantlariga o‘xshash bo‘lgan bitta masalani bajarib ko‘ramiz. Quyidagicha masala qo‘yilgan: Berilgan familiyalardan imlo qoidasiga mos ravishda ismlar hosil qiling.
Algoritm Familiya kiritilishini so‘rash.
Kiritilgan familiya uzunligini o‘lchash.
Familiya oxirgi va oxiridan 1 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ev” bilan tugasa, satrning oxirgi 3 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 4-qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 1 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ov” bilan tugasa, satrning oxirgi 2 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 5-qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 2 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “eva” bilan tugasa, satrning oxirgi 4 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 6 qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 2 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ova” bilan tugasa, satrning oxirgi 3 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish.
Hosil bo‘lgan ismni ekranga chiqarish.
Talabalar algoritmni so‘z bilan yoki blok-sxema ko‘rinishida ifodalashlari mumkin.