Bir qancha qiymatlardan birini qabul qila oladigan o’zgaruvchiga sanaladigan toifadagi o’zgaruvchilar deyiladi va bunday o’zgaruvchilarni e‟lon qilishda enumkalit so’zi va undan keyin toifa nomi hamda figurali qavs ichida vergullar bilan ajratilgan o’zgarmas qiymatlar ro’yhati ishlatiladi.
Masalan:
enumRanglar{oq,qora,qizil, yashil}; Bu yerda Ranglar nomli sanoqli toifa yaratildi. Ushbu toifaning 4 ta
o’zgarmas elementlari mavjud va ular dastlab 0 dan boshlab sanaladigan butun sonli qiymatga ega bo’ladilar. Ayrim hollarda foydalanuvchi tomonidan o’zgarmaslarga ixtiyoriy sonli qiymat ham o’zlashtirilishi mumkin. O’zgarmaslarga qiymatlar o’sish tartibida berilishi kerak. Masalan,
enum Ranglar{oq=100,qora=200,qizil,yashil=400}; Bu yerda qizil o’zgarmasning qiymati 201 ga teng bo’ladi. Endi shu toifadagi birorta o’zgaruvchini e‟lon qilish mumkin.
Ranglarr=qizil; Endi r o’zgaruvchi ranglar toifasida aniqlangan o’zgarmaslardan ixtiyoriy birini qiymat sifatida qabul qila oladi. Masalan:
#includeusingnamespacestd;intmain() { enum kunlar{du=1,se,chor};kunlarhafta; hafta=chor;cout<intkun; cout<<"\nbugunqaysikun=";cin>>kun; if(kun==chor) cout<<"\ntalabalarbilanuchrashuvingizbor";system("pause"); } Natija: 3
bugunqaysikun=3 talabalarbilanuchrashuvingizbor