Quyidagilar o‘zini o‘zi band qilganlarga mumkin emas: ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanish; yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish; o‘z faoliyat turi bo‘yicha kimningdir qo‘lida ishlash; xodimlar yollash; jismoniy va yuridik shaxslarga katta hajmli ish yoki xizmatni uzoq muddat davomida ko‘rsatish.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik nima?
Jismoniy va yuridik shaxs tushunchalari qanday farqlanadi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlikning afzalliklari va kamchiliklari nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlikda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanish mumkinmi?
Eng kam ish haqi tushunchasini izohlab bering.
Qat’iy belgilangan soliq to‘lovlari deganda nimani tushunasiz?
Yakka tartibdagi tadbirkorlikda xodimlarni yollash qaysi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni soliqqa tortilish tartibini tushuntirib bering.