Siz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik turidan muvofiqini tanlash uchun har bir tadbirkorlik turining xususiyatli belgisi bo‘yicha ma’lumotlarni umumiy jadval yordamida tahlil qilishingiz mumkin. Bunda muayyan belgining murakkablik darajasini baholash uchun «past» – 1 ball, «ahamiyatli» – 2 ball, «yuqori» – 3 ball bilan ifodalab olamiz.
TADBIRKORLIK SHAKLLARI Tadbirkorlik turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi
Tadbirkorlik shakli – faoliyat yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.
Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi
Tadbirkorlikning asosiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi.
Tadbirkorlik qanday turlarga bo‘linadi?
Muayyan tadbirkorlik turini tanlashda nimalar hisobga olinadi?
Ishlab chiqarish tadbirkorligining o‘ziga xos belgilari qanday?
Qaysi holatda ishlab chiqarish tadbirkorligini tanlash mumkin?
Tijorat tadbirkorligining asosiy jihatlarini izohlab bering