Radioning tarixiga nazar tashlasak uning ko'pchilik ijodi ekanligmi ko‘ramiz. XIX asming o‘rtalarida italyan olimi K.Markoni radio bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar olib bordi. Bu ishga jahondagi boshqa olimlar qatori rus ixtirochilari ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. Birinchi bor radio rus olimi A.S.Popov tomonidan 1895-yil 7 may kuni Peterburgdagi rus fizika — ximiya jamiyati yig‘ilishida sinab ko‘rildi. Ammo у ishlab chiqqan elektr signallami uzoq masofaga simsiz uzata oladigan radiotelegraf asosan aloqa vositasi sifatida ixtiro qilingan edi.
1922-yildan boshlab esa Moskvada dastlabki radio eshittirishlar boshlandi. Moskva radiosi orqali eshittirilgan maxsus «radiogazeta»larda bolshevistik targ‘ibot va tashviqot asosiy o`rin egallagan edi. Amerikada muntazam radioeshittirishlar 1920-yildan «Key Di Key Ey» radioslansiyasining prezidentlik saylovlari haqidagi reportajini efirga uzatish bilan boshlandi. 1922-yildan boshlab ingliz radiosi (keyinchalik «Bi-Bi-Si» deb nom olgan) ning muntazam eshittirishlari boshlandi.

Toshkentda birinchi radioeshittirishlar 1927- yilning 11- fevralida boshlangan. O`zbekistonda radioeshittirishlaming yo'lga qo`yilishi xalqimiz tarixida katta ljobiy-ma’naviy voqea bo`lgan edi.

Dunyoda Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarashli «Amerika ovozi», «Ozodlik», Angliyaning «Bi-Bi-Si», Germaniyaning «Nemis to‘lqinlari» va boshqa o`nlab radiostansiyalar ishlab turibdi.