Ishlab chiqarish amaliyoti daftari


Amaliyot o’tkazilayotgan tashkilotning funksiyalari va vakolatlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163510
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xolmurzayev Elbek hisobot

Amaliyot o’tkazilayotgan tashkilotning funksiyalari va vakolatlari

Funksiyasi va vazifalari

Vakolatlari

Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish

tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan, Davlat budjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish

davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik

xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda (uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik

budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun G‘aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi

davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish

budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun moliya organlarida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi

Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga berish

budjet tizimi budjetlarining ijro etilishi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi

o‘ziga berilgan huquqlardan qonunchilikka muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik

Izoh_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin