Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari.
Bug‘ bilan isitish tizimlari ham past bosimli (70 kPa gacha) va yuqori bosimli (70 kPa dan yuqori) bo‘lishi mumkin. Bunda bug‘, isitish jihozlarida ma’lum haroratgacha soviydi va kondensatsiyalanadi (suvga aylanadi). Hosil bo‘lgan kondensat esa qozonga qaytadi.
Havo bilan isitish tizimlarida sovuq tashqi muhit havosi ventilyatorlar yordamida kaloriferlarga uzatiladi va kalorifer orqali o‘tishda isigan havo xonaga yo‘naltiriladi. Havo bilan isitish tizimlarida harorat shamollatish orqali rostlanadi.