Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/14
tarix18.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#116542
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Turgunov Bobojon Makroiqtisodiyor fanidan Kurs ishi 2002

1.7 Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli

Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib kutilayotgan sof foyda normasiga to`xtaladigan bo`lsak. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi.


Misol uchun, zavodga 500000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo‘llashdan zavod 20.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 20000 / 500000 x 100 = 25%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz Stavka narxlar darajasining o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 15% ga teng bo‘lsa, inflatsiya darajasi yiliga 11% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (15%-11%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:

Soliqqa tortish darajasi

Investorlarning kutishi

Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori


Yalpi daromadlarning o‘zgarishi


Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar


Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.


Shu o`rinda, Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi:

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin