Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


ko‘mir, neft va tabiiy gaz qazib olish



Yüklə 84,24 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü84,24 Kb.
#204293
1   2
ssssssssssssss

ko‘mir, neft va tabiiy gaz qazib olish sohasida qiymati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari 106,8 foizni tashkil etdi. Tabiiy gaz va ko‘mir ishlab chiqarishning jismoniy hajmlari o‘sishining omili mazkur sohaning o‘sish tendensiyasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda tabiiy gaz qazib olish hajmining o‘sish sur’atlari 106,1 foizni, ko‘mir qazib olish hajmi esa 159,1 foizni tashkil etdi.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida energiya ta’minoti, gaz, bug‘ va havoni konditsiyalash sohasining jadal rivojlanishi saqlanib qoldi. Ushbu turdagi yoqilg‘i-energetika kompleksining o‘sish sur’ati 111 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, gaz ta’minoti sohasida sezilarli o‘sish kuzatilib 149,5 foizni tashkil qildi. Energiya ta’minoti sohasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning jismoniy hajmi – 109,2 foiz, issiqlik energiyasi -102,1 foiz, gaz – 106,1 foiz o‘sish sur’atlari bilan ta’minlandi.
Tahlil qilinayotgan davrda neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi sekinlashib, ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 77,4% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, suyultirilgan propan va butan -100,7 foiz, avtomobil benzini -103,5 foiz, neft bitumi -152,6 foiz va yoqilg‘i moyi ishlab chiqarishda 2 baravar o‘sish kuzatildi.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston energiya manbalari va neft mahsulotlari tashqi savdo aylanmasi 1021,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,7 mln. AQSh dollariga ko‘p. O‘zbekistonning energiya manbaalari va neft mahsulotlari importi hajmi 13,4 mln AQSh dollariga (+2,1%) oshdi, eksport hajmi 0,6 mln. AQSh dollariga (-0,2%) kamaydi.

yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:



  • yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish;

  • yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va iste’mol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga "raqamli energonazorat" tizimini toʻliq joriy etish;

  • qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini ta’minlash;

  • yoqilgʻi-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish talablariga qat’iy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholi tomonidan Energetika vazirligining maхsus aхborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tarkibi;

  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy (tuman (shahar) shtablarning namunaviy tarkibi;

  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.


2019-yil 17–20-dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda Statistika bo‘limi, Xalqaro energiya agentligi tomonidan “Energiya hisobi, ekologik-iqtisodiy hisob tizimini tuzish va siyosatni ishlab chiqishda energetika manbalaridan foydalanish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Xalqaro energiya agentligi vakillari, BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning statistika bo‘limi hamda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iz, Moldova, Tojikiston, Gruziya davlatlarining statistika va energetika idoralari mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho`basi mudiri Atham Abdullayev va Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar portalida axborot resurslarini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig`i Sherzod Azizov qatnashdi.
Tadbirda energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish va undan foydalanish muammolarini o‘rganish va aniqlash bo‘yicha so‘z yuritilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, seminar davomida vazirlik va idoralar o‘rtasida milliy darajada energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy qilish, xalqaro so‘rovnomalarni to‘ldirish bo‘yicha olingan bilimlarni qo‘llash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.


Yüklə 84,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin