Birlamchi daromadlarni taqsimoti schyoti. Bu schyotda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish mobaynida yaratilgan birlamchi daromadlarning ichki iqtisodiyot va tashqi dunyo sektorlari o’rtasida taqsimlanishi jarayoni ko’rsatiladi. Schyot mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari uchun tuziladi. Birlamchi daromad deganda - institutsion birliklarning boshqa birliklarning iqtisodiy faoliyatida bevosita va bilvosita (moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan) qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini tushunamiz.
Birliklarning iqtisodiy faoliyatida bevosita qatnashishlari quyidagi belgi va sifatlar bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi va yurituvchi sifatida, yollanma mehnatchi sifatida, iqtisodiy faoliyat yuritish uchun xuquqiy bazani yaratuvchi va infratuzilmani shakllantiruvchi sifatida.
Birliklarning iqtisodiy faoliyatida bilvosita qatnashishlari quyidagi belgi va sifatlar bilan xarakterlanadi: o’z aktivlari bilan ishlab chiqaruvchi birlikning ustav kapitalini shakllantirishda qatnashish, moliya mablag’larini kelishilgan muddatga berish, asosiy vositalarni moliyaviy lizing asosida berish, birlikning aktsiyalariga va qimmatli qog’ozlariga ega bo’lish, ishlab chiqarilmagan aktivlarni berish va sug’urta polislariga ega bo’lish. Birlamchi daromadlar tarkibiga mehnat xaqi, sof soliqlar, foyda, aralash daromad va mulk uchun daromad kiradi. Schyotning mamlakat miqyosida tuzilish sxemasi quyidagicha ifoda etish mumkin:
Milliy daromad agregati mohiyati va uni hisoblash usuli
Milliy daromad mamlakat rezident birliklarining hisobot davrida yaratgan daromadlarining yig’indisidan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida hisoblanganligi uchun uni odatda agregat ko’rsatkich deb yuritiladi.
MHTda daromadni hisoblash usuli sifatida J.Hiksning daromadni hisoblash kontseptsiyasi qabul qilingan. Unga ko’ra, daromadni sof usulda hisoblash tavsiya etiladi. Bunga ko’ra, daromad tarkibiga asosiy kapitalning iste’moli kiritilmaydi. Sof usulda hisoblangan milliy daromad Sof milliy daromad (SMD), yalpi usulda hisoblangan milliy daromad Yalpi milliy daromad (YAMD) deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |