Xalqaro moliya institutlarining zarurligi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorliginirivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliytining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
- xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek,milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
- jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
- jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzag keladigan muammolarni hamkorlikda ha qilish zaruriyatining ortib borishi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Axborot funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqar konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistic materiallarni nashr etib boradi.
2. Maslahatchi funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi.
3. Tartibga solish funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam
ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bo vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan. Xalqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘z ichiga ko‘plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo‘lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya - kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya - kredit siyosati bo‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta - kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy - tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlarning asosiy maqsadi - xalqaro va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama - qarshiliklarni bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.Dunyoda global ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi.BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi - iqtisodiy kengash - Evropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg’armalar bu tashkilotlarni to‘ldirib turadi.«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda tuzilgan Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Evropa to‘lov ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950 - 1958 yillar), 1960 yilda esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR1, Parij) almashtirilgan. Hozirda bu tashkilot o‘z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga - tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, moliyaviy barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion qarama - qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish kabilar kiradi IXRT ramkasida 100 ga yaqin qo‘mita faoliyat kursatadi.Ularning tarkibiga Noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) jamg’armaga a’zo mamlakatlaming valyuta - kredit munosabatlarini tartibga solish va ulaming to’lov balansi defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o’rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug’ullanadi.Jamg’arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasi statusiga ega. U dunyo valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 1-22 iyulda AQShning Bretton - Vudse shahrida o’tkazilgan xalqaro valyuta - moliya munosabatlariga bag’ishlangan konferentsiyasida ta’sis etilgan.Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg’arma o’z faoliyatini 39 a’zo - mamlakat bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo’yicha operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton - Vudse konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G’arb o’rtasidagi “sovuq urush” tufayli jamg’arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.XVJga a’zo mamlakatlar soni 2004 yilda 184 taga etdi. Jamg’armaning bosh ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud. XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
-“valyuta - moliya doirasida xalqaro hamkorlikni rag’batlantirish”;
-a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bandlilikning yuqori darajasini ta’minlash va aholining real daromadini oshirish maqsadida “xalqaro savdoni kengaytirish va uning muvozanatligini ta’minlashga yordam berish”;
-“valyutaning barqarorligini ta’minlash, a’zo - mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlari bilan bog’liq masalalami hal etish” va raqobatbardosh muhitni ta’minlash maqsadida milliy valyutaning barqarorligini tushib ketishining oldini olish;
-a’zo - mamlakatlar to’lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf etish maqsadida kreditlar berish;
-a’zo - mamlaktlar o’rtasida hisob - kitoblami tashkil etishga yordam berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish.XVJning maxsus hisob - kitob valyutasi hisoblangan SDR (Spetsialnix prav zaimstvovaniya, Maxsus ayirboshlash huquqi)ning rasmiy kursi SDR savatchasiga kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. Quyida XVJning SDR savatchasiga kiritilgan valyutalar va ularning ulushi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.Jadvaldan SDR savatchisida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga to’g’ri kelganligini kuzatish mumkin, keyingi o’rinlarda Evropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda amal qiladigan evro pul birligi egallab turibdi.XVJda ovozlar “tortilgan” tamoyilga amal qilib, a’zo - mamlakatlar ularning jamg’armadagi a’zolik badali miqdoridan qa’tiy nazar 250 “asosiy” ovozga ega bo’lib, har bir qo’shimcha ovoz uchun 100 ming SDR badal to’lanishi lozim.
IXRTning maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko‘maklashashishdir. IXRT - o‘ziga xos klub bo‘lib, yiliga 2 marta sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni muvofiklashtirish, valyuta - kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish, ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig’ilib turadi.
Kreditor mamlakatlarning Parij klubi - rivojlangan mamlakatlarning norasmiy tashkilotidir. Bu erda mamlakatlarning davlat qarzlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama kilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan qochish maqsadida (to‘lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko‘rib chiqish shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma - yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to‘g’ri keladi.Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko‘pincha tashqi qarzlarning joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan qismi ko‘rib chiqiladi.
Xususiy bank - kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini boshlagan bo‘lib, qarzdor mamlakatlarning xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.1970 - yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy - iqtisodiy muammolar dastlab “ettilik”, keyinchalik Rossiiya Federtsiyasi qo‘shilgandan so‘ng “sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo‘shilgandan keyin “o‘nlik” davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo‘lga qo‘yildi. “O‘nlik” mamlakatlar rahbarlari yig’ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta - kredit masalalariga qaratiladi va “har kim o‘zi uchun”, ya’ni markazga intilish tendentsiyalariga qarama - qarshi bo‘lgan halqaro hamkorlik va liberalizm tamoyillari asosida ish ko‘rishga intiladi.Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob - kitoblar (HHKB, 1930 yil) bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan.Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug’ullansada, ularni tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolarni minatqa va xalqaro darajada echish masalalariga qaratilgan.Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga quyidagi omillarni keltirish mumkin.
Xalqaro moliya tashkiloti – bu bir va undan ortiq mamlakat tomonidan tashkil etilgan va xalqaro huquq talablariga bo’ysinuvchi moliya muassasasidir. Boshqa bir xalqaro muassasalar va tashkilotlar XMTning aksiyadorlarini tashkil etsada, odatda, uning egasi milliy hukumatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan XMT turi - turli millatli moliya tashkilotlari hisoblanadi, lekin XMT hisoblanuvchi ikki mamlakat birgalikda tuzgan moliya tashkilotlari ham mavjud. Eng mashhur XMT tashkilotlari 2-Jahon Urushidan keyin tashkil etilgan bo’lib, ularning asosiy maqsadi Yevropani qayta qurishda ko’mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi.
Ko’p tomonli (ikkidan ortiq davlat ishtirokida tuzilgan) rivojlanish banki (MDB) bir qancha mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan muassasa bo’lib, rivojlantirish maqsadida moliyaviy va professional maslahatlar beradi.MDB rivojlangan donor mamlakatlar va rivojlanayotgan qarz oluvchi mamlakatlar ishtirokida yirik a’zolar ko’lamiga ega. MDB bozor qiymatida uzoq muddatli qarzlar shaklida, bozor qiymatidan past narxda juda uzoq muddatli qarzlar (kreditlar) shaklida hamda grantlar shaklida loyihalarni moliyalashtiradi.