Ishlab chiqarishda boshqaruv


III. Aholi bandligi,daromadlarini oshirish hisobiga ichki talabni rag’batlantirish chora-tadbirlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə34/37
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#42417
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Sotvoldiyev Dilmurod kurs ishi

III. Aholi bandligi,daromadlarini oshirish hisobiga ichki talabni rag’batlantirish chora-tadbirlari

3.1 Ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash,xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

Karantin davrida aholi bandligining qisqarishi va tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan daromadlarning kamayishi aholining xarid qobiliyatini pasaytirdi hamda ichki iste’mol bozori imkoniyatlarini sustlashtirdi. Eksportni cheklash bilan bir qatorda, iste’mol mahsulotlari, birinchi navbatda, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning pasayishiga sabab bo‘ldi.

Ichki to‘lov qobiliyatiga ega talabning tiklanishi va kengayishi mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini oshirish va daromad olishlari bo‘yicha amalga oshirilgan choralar bilan bog‘liq. Ushbu maqsadlar uchun 2020-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion so‘mni tashkil etadi7.

Aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini qayta tiklash, uy-joy, ijtimoiy infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish, yangi qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar yil oxiriga qadar 810,6 mingta doimiy ish o‘rinlari tiklanishiga, 302,8 mingta doimiy va 662,8 mingta vaqtinchalik hamda mavsumiy ish o‘rinlarini yaratilishiga imkoniyat beradi.Jumladan, “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi, 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi, 53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida a’zolik uchun subsidiyalar bilan ta’minlanadi, 42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga o‘qitiladi.Ish o‘rinlarini izlash va ishga joylashtirish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy ta’minot vositasi (my.mehnat.uz) joriy etilib, unda joriy yilning boshidan buyon 385 ming korxonalar qamrab olindi, 3,5 milliondan ortiq ishchilarga elektron mehnat daftarchalari yuritila boshlandi.Keltirib o‘tilgan barcha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda amaliy chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan.Bandlikni, shu jumladan, rasmiy bandlikni kengaytirish, shuningdek, aholi daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratish maqsadida, 2020-2021-yillar uchun amaliy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutadi8:

a) 2020-yil yakuniga qadar:aholining kambag‘al qatlamlari bilan ishlashning amaldagi shaklidan Jahon banki va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liqlikdagi uzoq muddatli kambag‘allikni qisqartirish Strategiyasini ishlab chiqish asosida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan strategik va dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘tish. Bunda, 4 ta mezon (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va kambag‘allikning ko‘p o‘lchamli indeksi)dan foydalanish orqali Toshloq tumanida sinov tariqasida kambag‘allikni baholash uslubiyotini amaliyotda qo‘llash;Sirdaryo viloyatidagi sinov loyihasi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba asosida, ayniqsa, pandemiya sharoitida, ijtimoiy himoya reyestrni joriy qilish;xalqaro ekspertlar bilan birgalikda yashash minimumi va iste’mol savatchasini hisoblash hamda qo‘llash uchun me’yoriy bazani ishlab chiqish;O‘zbekistonda kambag‘allikning o‘ziga xos jihatlari va omillarini o‘rganish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish sohasida tahliliy va uslubiy materiallar tayyorlash uchun Iqtisodiy tarraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshida markaz tashkil etish;2020-yil oxiriga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz hajmidagi bir martalik to‘lov (hozirgi vaqtda bu miqdor har oyda to‘lanadi) orqali o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turlarini kengaytirish, shu jumladan, uy-joy qurish hamda jismoniy shaxslarga tegishli kvartiralarni ta’mirlashni kiritish;xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari hisobiga loyihalarni amalga oshirishda mahalliy pudratchilar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish;malakasiz xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni cheklash;tuman yoki shahar sektor rahbarining tavsiyasi asosida ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsizlarga ajratilgan mikrokreditlar miqdorini 2,5 baravarga oshirish (bazaviy hisoblash miqdorining 100 dan 250 baravarigacha);tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni boshlash uchun ishsizlarga davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki 3 oyda transport va ijara xarajatlarini qoplashga subsidiyalar ajratish;mahallalarda aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning asosiy kasb-hunarga o‘qitish punktlarini tashkil etish, bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim olish;150 ming nafar qaytib kelgan mehnat muhojirlarini mehnat organlari orqali jamoat ishlariga jalb qilish, shu jumladan, foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish hisobiga ish bilan ta’minlash.

b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar9:kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda davlat ulushi bo‘lgan respublika davlat organlari va korxonalarini biriktirish, shuningdek, qishloq aholisi malakasini oshirish maqsadida 3 yil muddatga grant asosida o‘qigan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari hamda davlat boshqaruvi akademiyasi talabalarini ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ishga yuborish amaliyotini joriy etish;qishloq xo‘jaligi kooperativlariga jalb etish orqali tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi sohasida tarkibiy islohotlarini davom ettirish;soliq to‘lovchilari tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishni yengillashtirishga hamda soliq yukini qisqartirishga yo‘naltirilgan soliq siyosatini takomillashtirish;o‘zini o‘zi ish bilan band etgan fuqarolarni ro‘yxatga olish va faoliyatini amalga oshirish tartibini soddalashtirish, shuningdek, qo‘shimcha kredit resurslarini ajratish va soliq majburiyatlarini soddalashtirish orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini oshirish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;bandlikni ta’minlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarning (yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavjud quvvatlardan foydalanishni oshirish, investitsiya faoliyatini mustahkamlash, shu jumladan, uy-joy qurilishi sohasi, biznes muhitini yaxshilash, kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda aholining o‘zini o‘zi ish bilan bandligini qonuniylashtirish) harakatlar rejasining keyingi bo‘limlari bilan bog‘liqligini ta’minlash. Cheklangan muddat va investitsiya resurslari sharoitida aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish muammolari va vazifalarini hisobga olgan holda, kichik biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanishi butun iqtisodiyot uchun eng muhim “o‘sish nuqtasi”dir.Qisqa muddatli choralar tarmoq faoliyatini, ayniqsa, eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalar faoliyatini tezroq tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

a) 2020-yilda amalga oshirish uchun taklif qilingan choralar:

joriy yil oxirigacha korxonalarning bankrotlik holatiga urinishlarini (ixtiyoriy bankrotlikdan tashqari) rad etgan holda joylarda davlat organlari tomonidan tijorat banklari kichik biznes va tadbirkorlik sohasi faoliyatini qayta tiklashda, yuqori darajada yordam berish;

-ortiqcha to‘langan daromad solig‘ining hamda QQSning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash orqali tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;

-yangi chakana savdo korxonalarini, shu jumladan, qishloq joylarda do‘konlarning tashkil etilishini rag‘batlantirish orqali kichik biznes subyektlariga mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi uchun sharoit yaratish;

-chakana savdo va xizmatlar sohasi aylanma mablag‘lariga biznes uchun maqbul foiz stavkalari bo‘yicha kredit ajratishni kengaytirish;kichik biznes subyektlari uchun amaldagi kichik sanoat zonalarida yer uchastkalarini tezkor ravishda ajratish, aholisi 10 ming kishidan ortiq bo‘lgan barcha aholi punktlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun hududlarni tanlash10;tadbirkorlik faoliyati va raqobat muhitining erkinligini cheklovchi me’yorlarni aniqlash maqsadida qabul qilingan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.Kichik biznes subyektlari rivojlanishining oldingi bosqichlaridan farqli o‘laroq, nafaqat ularning soni, balki ushbu sohadagi sifat o‘zgarishlari ham tubdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. U yanada texnologik va innovatsion ahamiyatda bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, islohotlarni davom ettirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif qilingan choralar:

-kichik biznes subyektlari uchun mezonlarni aniq belgilash, korxonalarni tegishli biznes toifasi bo‘yicha tasniflashiga qarab imtiyozlar (raqobat muhitini buzmagan holda) berish;muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, shuningdek, yer fondidan samarali foydalanish uchun davlat va xususiy xarajatlarni minimallashtirish maqsadida kichik biznes subyektlarini kichik sanoat zonalarida joylashtirishga yuqori darajada e’tibor qaratish;

-korxonalarning hajmi, biznes-startap va texnologik innovatsiyalaridan qat’i nazar, xususiy sektor korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, venchur kapitalini rivojlantirish va aksiyadorlarga investitsiyalarni jalb qilish;kichik sanoat zonalarida yer uchastkalari arxitektura-rejalashtirish amalga oshirilgandan keyingina kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish uchun amalga oshiriladigan tartibni belgilash. Binolarning qurilishi, odatda, 2-3 qavatli qurilishda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalar uchun yagona afzallik bu — zona chegaralariga muhandislik kommunikatsiya va yo‘llarni markazlashtirilgan ravishda olib kirish, shuningdek, ularga kichik sanoat zonasi rezidentlari uchun kirishni ta’minlash;Investitsiya dasturida kichik sanoat zonalariga muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini yaratishga kapital qo‘yilmalar hajmini alohida yo‘nalish sifatida ajratish;Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun faqat innovatsion “startap” kompaniyalarga, ularga rezidentlik huquqini berish bilan texnoparklar shaklida viloyat markazlari va shaharlarida kamida bitta kichik sanoat zonasini yaratish;

xususiy mulk huquqlarini so‘zsiz himoya qilishga qaratilgan sud tizimini isloh qilish.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin