Ishlab chiqarishda boshqaruv


O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari



Yüklə 72,16 Kb.
səhifə12/19
tarix02.01.2022
ölçüsü72,16 Kb.
#42681
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar va iqtisodiyotni div

4.O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari

Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.

Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.

Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. 

Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi.


Yüklə 72,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin