Ishlab chiqarishda boshqaruv


-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli3



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/4
tarix22.06.2020
ölçüsü0,74 Mb.
#32098
1   2   3   4
Durdona

1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli3


Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini 1- rasmda

ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan

M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),

V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash, riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari,

S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi,

R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshiradi.

Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha

M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.

: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega zamonaviy mulkning mazmun mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk hozirda o‘z mulkdori (NM) uchun iqtisodiy ta‘minlangan, yuridik konstruksiyaga ega nafli ne‘mat (N) sifatida namoyon bo‘lgan va o‘zida turli axborotni mujassamlashtiruvchi murakkab substansiya mazmunida qabul qilingan. Bunda mulkdor (NM) instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o‘zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat hisobiga hayot ko‘radi va mulkiy munosabatlar subyekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘ dunyoda maqsadli orzuhavassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandgina) mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi. Demak, mulkdor o‘zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega (mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va narxisiz manfaatni o‘lchab bo‘lmaydi. Ushbu hayotiy-falsaliy aksiomaga ko‘ra, ne‘mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik), huquqiy va iqtisodiy ta‘minoti vujudga kelishining umumiy manbayi NM bo‘lsada, lekin bulaming barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlami hajmini ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy mulk fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida mulkiy munosabatlarni ta‘minlovchi mulkchilik tizimining mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo‘ladi

Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me‘yoriy-huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, ya‘ni 1990 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik

Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:

―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.‖4

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:

―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.‖5

O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖ gi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:


  1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.

  2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xattiharakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.

  1. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.

  1. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.

Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.

  1. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.6

O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi:

-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;

-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;

-davlat mulki; -aralash mulk; -qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.

Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga qaratiladi.

Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.

Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.

Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.

Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:



  • mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;

  • davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;

  • jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.

Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirishini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari‖ nomli dastur choralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi.

Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.

Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo‘jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdotijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.

Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarishO‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.

Mulkdor boshqalarning emas, balki o‘zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko‘ra o‘z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o‘zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xohishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.

Mulkdor o‘z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha huquqiy vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda ko‘zda tutilgan jiddiy va eng muxim yangiliklardan biridir.

Bozor munosabatlariga o‘tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, fuqarolar o‘ziga tegishli mulkni ko‘paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o‘z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin.

Fuqarolarda o‘tmish tuzum so‘ndirgan mulkiy mustakillik hissini uyg‘otish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.



3.Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk obʼyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b.ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. D.m.x. davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subʼyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va b. usullarda amalga oshiriladi.

Tarixan D.m.x.ning oʻz tabiatiga koʻra tamomila farq qiladigan ikki turi shakllandi. Birinchi tur takror i.ch. mexanizmidagi oʻzgarishlar va 20-asrning 70-y.lari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining oʻrni va ahamiyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda yuzaga keldi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi xoʻjalikni boshqarish va iqtisodiyotda D.m.x. koʻrinishlari gʻoyaviy taʼsir, baʼzida esa rivojlangan mamlakatlarning yordam koʻrsatish shartlari bilan bogʻliqholda, toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiy bosimlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga ham tarqaldi. 80— 90-y.larda 80 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda D.m.x.ning turli dasturlari ishlab chiqildi. Bu mamlakatlarda xususiylashtirish jarayoni bozor raqobati muhiti amal qilgan xususiy sektor va xoʻjalik tizimida amalga oshirildi.

Xususiylashtirishning ikkinchi turi jahon sotsialistik tizimi mamlakatlari (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Xitoy, sobiq Ittifoq respublikalari)da 1989 y.dan boshlab amalga oshirila boshladi.

Xoʻjalik yuritishning maʼmuriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy usishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay taʼminlashini tasdiqlaydi.

U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada qoʻllanilganiga bogʻliq. Milliylashtirish usuli qisman oʻtkazilgan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya) xususiylashtirish koʻrinishlari kam uchraydi. Milliylashtirish jarayoni uzok, vaqt davom etgan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.

Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi.

Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obʼyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obʼyektlari va xizmat koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi.

Oʻzbekistonda xususiylashtirish bir necha bosqichda oʻtkazilmoqda. Birinchi bosqichda (1992—93) "kichik xususiylashtirish" amalga oshirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). Kichik xususiylashtirish natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va b.dan iborat 53902 turli mulk obʼyektlari vujudga keldi. Shuningdek, tayyorlov va kayta ishlash tarmoqlarida 25 ming obʼyekt yoki ular jami miqdorining 96,7% xususiylashtirildi. 1993 y.dan yengil, oziq-ovqat sanoatlari, transport va qurilish majmualarining oʻrta hamda yirik korxonalarini xususiylashtirish boshlandi. Q.x.dagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xoʻjaligi davlat tasarrufidan chiqarildi, ular negizida 325 jamoa, 296 kooperativ, 90 ijara xoʻjaliklari vujudga keldi. Mavjud chorvachilik obʼyektlari, ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan fermalar asosida 735 yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish ishlari olib borildi (680 ming ga dan koʻproq maydon yoki sugʻoriladigan yerlarning 15% shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriga berilgan). Shunday qilib, respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori salmokli oʻringa ega boʻla bordi va 1993 y.da milliy daromadning 35% nodavlat sektori hissasiga toʻgʻri keldi. 1994 y. 1 yanvargacha respublikada 1069414 kvartira xususiylashtirildi. Bu xususiylashtirilishi lozim boʻlgan kvartiralarning 98,98% ni tashkil etadi. Shu bilan "kichik xususiylashtirish" bosqichi tugallandi.

1994—95 y.larda xususiylashtirishning 2-bosqichi amalga oshirildi. Bu davrda xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi qonun yoʻli bilan cheklashlar qoʻyilmagan korxonalar — xalq xoʻjaligining bazaviy tarmoqlari boʻlgan mashinasozlik, yoqilgʻi-energetik korxonalari, sanoat, qurilish, transport, kommunal uy-joy xoʻjaligi, agrosanoat majmuining tayyorlov va qayta ishlash korxonalari va h.k. xususiylashtirildi. Xususan, "Oʻzbek-neftgaz" korporatsiyasi, energetika vazirligi, "Oʻzmashsanoat" assotsiatsiyalarining koʻplab obʼyektlari, shuningdek, transport korxonalari (avtobus va taksomotor parklari) davlat tasarrufidan chiqarildi. Bu bosqichda 5 ming korxona, jumladan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida 900 dan koʻproq oʻrta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi.

1996 y.dan D.m.x.ning yangi — 3-bosqichi boshlandi. Bu bosqich eng yirik korxonalarni xususiylashtirish, tarmoqlar ichida institutsional oʻzgarishlar, yangicha xoʻjalik yuritish tuzilmalarini yaratish va b. nazarda tutadi (mas, Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi, tarmoqlarni boshqarishning yangi tizimi — xoldinglar tashkil etilmoqda).

Oʻzbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni xususiylashtirilgandan keyingi davrda katʼiy ishlashini taʼminlash choratadbirlari ishlab chiqilgan. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda qatʼiy ishlashi uchun maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etilgan, xususiylashtirishdan kelgan mablagʻlar jamgʻarilib, ularxususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanmoqda. Davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlar asosiy fondlarni yangilash va ularni texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilmoqda.

Oʻzbekistonda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va tadbirkorlarni qoʻllabquvvatlash, korxonalarni eksportbop va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan qilib texnik jihozlashni taʼminlaydigan aniq yoʻnalishli xususiylashtirish amalga oshirilmoqda. Shu yoʻl bilan mamlakatning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy barqarorligini oshirish hamda davlat uchun tayanch boʻladigan mulkdorlar sinfini shakllantirish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda D.m.x.da Yevropa Ittifoqi komissiyasi, "TASIS", Jahon banki, YUN IDO, Germaniya texnika markazi, AQShning Xalqaro rivojlanish boʻyicha Agentligi va b.ning maslahat xizmatlaridan foydalaniladi.

Abdulla Abduqodirov, Erkin Shodmonov.

Obyektlarni xususiylashtirish shartlari ham ular faoliyatining ko‘lami va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asosan savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi obyektlar, qoidaga ko‘ra, kimoshdi savdosida yoki tanlov asosida sotiladi. Bu boshqa tarmoqlarning mayda va ba’zi o‘rtacha obyektlariga, hajmidan qat’i nazar, tugallanmagan qurilish obyektlariga (agar balans egasida qurilishni tugallash uchun mablag‘ yo‘q yoki yetarli bo‘lmasa) ham taalluqlidir.

Obyektlarni tanlov bo‘yicha sotishda yangi mulkdor tomonidan tavsiya etiladigan eng foydali xarid shart-sharoitlari g‘olibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:

asosiy ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, tovar (ish, xizmat)larning yangi turlarini o‘zlashtirish;

ish joylari sonini saqlab qolish yoki ko‘paytirish;

infrastrukturani rivojlantirish;

taqdim etilgan tadbirkorlik rejasiga muvofiq keluvchi boshqa shart-sharoitlar.

Ayrim tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning respublika iqtisodiy imkoniyatlariga hamda davlat buyurtmasining bajarilishiga qo‘shgan hissalarini hisobga olib, quyidagilar nazarda tutiladi:

Ustav sarmoyalarini har bir holatda Davlat mulki qo‘mitasi taqsimlaydi, bunda ma’muriyatga ko‘pi bilan aksiyalarning 5 foizi beriladi, ma’muriyat deyilganda rahbar, uning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar (shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar darajasida) tushuniladi;

aksiyalarning asosiy qismini fond birjalarida, shu jumladan, xorijiy xaridorlarga sotish;

aksiyalarning davlatga tegishli qismini xarid qilish bo‘yicha shu korxonalar negizida oldin tashkil etilgan jamiyatlar aksionerlarga imtiyozlar bermaslik;

aksiyalarni turdosh va bevosita aloqada bo‘lgan korxonalar sirasiga kiruvchi davlat yuridik shaxslarga sotish.

Ayrim hollarda Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy xaridorlarga ustav sarmoyasining 100 foizini sotishi mumkin.

Davlat ulushi hisoblangan aksiyalar va erkin savdoda sotib olinmagan aksiyalar maxsus (aksionerlik jamiyatlari tarzida) tashkil etilgan mulkiy fondlarga beriladi.

1994-yilda keng tarmoqli infrastrukturasi, vakolatli shirkatlari va boshqa nodavlat vositachilari bo‘lgan Xoldinglar, investitsiya fondlari va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

Xolding kompaniyalari aksionerlik jamiyatlarini, mulkchilikning jamoa shakllaridagi korxonalarni, mas’uliyati cheklangan xususiy oilaviy jamiyatlarni, tijorat, qo‘shma, kichik hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mulkchilikning turli shakllaridagi boshqa korxona va tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan tashkil etiladi.

Xolding kompaniyalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan kiritiladi.

Xolding kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan boshqarib boriladi.

Konsalting firmalarining tashkil etiladigan tarmoqlari korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlashni, bo‘lg‘usi investorlarni korxonalar faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari bilan tanishtirishni, xaridorlar bilan yuridik va moliyaviy bitimlar loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradilar.

Ko‘rlar, nogironlar, xalq badiiy hunarmandchiligi jamiyatlarining iqtisodiy negizini mustahkamlash maqsadida ular tomonidan qayta o‘zgartirilgan korxonalar mulkidagi davlat ulushini aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasiga imtiyozli yoki tekinga berish nazarda tutiladi.

Keng ko‘lamli xususiylashtirishda xorijiy investorlarning ishtirok etishini rag‘batlantirish uchun ularga singan korxonalarning aksiyalarini, aktivlarini raqobatli savdolarda, ko‘chmas mulklarni kimoshdi savdosida sotish, tenderlarda, kimoshdi savdolarida qatnashishlari, davlat korxonalarini to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalash, konsessiyalar berish, xorijiy sarmoyani 100 foiz jalb etgan holda korxonalar qurish va shu kabilar ko‘zda tutiladi.

2.2. Xususiylashtirilayotgan obyektlarni baholash tartibi

Davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkning boshqa shakllariga qayta o‘zgartirish Davlat mulki qo‘mitasi tasdiqlagan Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi, unda, shuningdek, xususiylashtirilayotgan obyektlar mulkini baholash tartibi ham belgilab berilgan. Mulkni baholashni qayta o‘zgartirishga oid barcha hujjatlar turkumini tayyorlash javobgarligi zimmasiga yuklangan ishchi komissiya amalga oshiradi.

Korxona ishchi komissiyasi materiallari yuzasidan ekspert xulosasini shunday faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan konsalting yoki auditor xizmatlari beradilar. Bu xizmatlar mulkni baholashda o‘zlari foydalangan materiallarning to‘g‘riligi va sifati uchun ishchi komissiya bilan bir qatorda javob beradilar.

2.3. Xorijiy investitsiyalar jalb qilish

O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishi qayta o‘zgartirilayotgan korxonalarda texnik va texnologik jihozlanganlik darajasini oshirish, korxonaga menejmentning yangi shakllarini olib kirish, boshqaruv malakalarini takomillashtirish, “nou-xau” ayirboshlash, tashqi bozorga chiqish, shuningdek, bitimlar tuzish yo‘li bilan naqd valyuta olish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish va rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini dunyo miqyosida birlashtirish maqsadlarida nazarda tutiladi.

Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining bir qismini sotish yo‘li bilan xorijiy valyutani xususiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Xorijiy investitsiyalar jalb qilinganda yoqilg‘i-energetika kompleksi, rangli metallarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, radioaktiv va nodir yer elementlarini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining aksiyalari nazorat paketlarini davlat o‘zida saqlab qoladi. Bu sohalarda, shuningdek konsession shartnomalar tuzilishi mumkin.

Xorijiy investorlar uchun xususiylashtirishning quyidagi usullari nazarda tutiladi:

a) aksiyalarni xorijiy investorga raqobatli, shu jumladan, investitsion savdo (tenderlar) orqali, kimoshdi savdolarida, fond birjalarida, shuningdek, bevosita muzokaralar jarayonida sotish;

korxonalarning aksiyalarini to‘liq yoki ularning bir qismini xorijiy investorlarning bittasiga yoki bir guruhiga sotish, bu qo‘shma korxonalar yoki batamom xorijiy sarmoya negizidagi korxonalar tashkil etish imkonini beradi;

tugatilgan (kasodga uchragan) korxonalarning aktivlarini oldindan belgilangan mezonlari bilan kimoshdi savdosida ochiq raqobatli savdolarda sotish;

ko‘chmas mulkni kimoshdi savdosida va tanlov asosida sotish;

davlat mulki obyektlarini investitsiya loyihalari bo‘yicha tanlov asosida sotish yo‘li bilan;

b) ustav sarmoyasini ko‘paytirgan va davlat korxonasini mulkchilikning davlat-aksionerlik shakliga aylantirgan va ko‘paytirilgan ustav sarmoyasi aksiyalarining bir qismini xorijiy investorga sotgan holda davlat korxonalariga yangi investitsiyalarni joriy etish usuli bilan;

ishlatish va foydalanish huquqi berilgan holda mulkni davlat ixtiyorida qoldirish imkonini beruvchi xorijiy investorlar bilan konsession shartnomalar tuzish usuli bilan (bu usul qazib oluvchi kompleks, elektr energetikasi, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi korxonalariga nisbatan qo‘llanilganligi maqbul);

xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya banklariga joylashtirish va almashtirish usuli bilan;

foydalanishga tayyor qilib xususiylashtirish yer davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda yangi korxonaning xorijiy investor tomonidan qurilishi yoki qurilishning bir qismi davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda tugallanmagan qurilishni foydalanishga tayyor qilib qurib bitkazish usuli bilan.

Xizmat ko‘rsatish sohalarining xususiylashtirilgan obyektlari bo‘lgan yer uchastkalari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq xususiy mulk qilib sotiladi yoki uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish shakli to‘g‘risidagi qaror davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.

Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mustaqil konsalting, auditor tarmog‘i, firmalar tashkil etiladi, shuningdek, xuddi ana shunday xorijiy firmalar jalb qilinadi.

Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi xalqaro agentliklar tashkil etiladi:

O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning qonunchilik va normativ bazalari, davlat mulkini xususiylashtirishning maqsad va vazifalari, korxona mulkida mehnat jamoasi, davlat, ichki va xorijiy investorlarning taxmin qilinayotgan ulushlarini ko‘rsatgan holda xususiylashtirilgan va xususiylashtirish mo‘ljallangan korxonalar, bo‘lg‘usi investorning investitsiya loyihasiga qo‘yiladigan talablar, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosi (tanlov) asosida sotishning shart-sharoitlari va shu kabilar to‘g‘risidagi bukletlarni nashr qilish, tarqatish hamda reklama qilish;

bo‘lg‘usi xorijiy investorlarning so‘rovi bo‘yicha O‘zbekistonda xususiylashtirish qanday borayotganligi to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;

bo‘lg‘usi xorijiy sheriklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;

tarmoq vazirliklari va idoralarining tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarma va bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

2.4. Xususiylashtirishda yer munosabatlari

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarining obyektlari joylashgan yer uchastkalarini sotish xususida Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va normativ hujjatlariga qat’iy amal qiladi. Yerni baholashda Yer kadastri ma’lumotlari hisobga olinadi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini sotish tanlov asosida xususiy mulk qilib berish orqali amalga oshiriladi. Tanlov bo‘yicha sotiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining dastlabki bahosini belgilashda bu bahoga yer uchastkasining bahosi ham kiritiladi, yer uchastkasi obyektni sotish bo‘yicha savdo (kimoshdi savdosi yoki tanlov) o‘tkaziladigan butun davrda uning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Umumiy foydalanishdagi yerlar (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, gulzorlar, cho‘milish joylari, suv havzalari, tabiiy yodgorliklar, milliy va dendrologiya bog‘lari, qo‘riqxonalar, botanika bog‘larining yerlari, shuningdek, sog‘lomlashtirish hamda tarixiy-madaniy maqsaddagi yerlar va shu kabilar sotilishi mumkin emas.

Yer uchastkalarini sotish, ular sotiladigan baho va sotish shartlari, egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqi bilan sotilishi mumkin bo‘lmagan tegralarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi.

Yer uchastkasini tasarruf qilish huquqi mulkka egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi hujjatda qayd etiladi.

Berilgan yer uchastkalaridan foydalanishga kirishishga tegishli yer tuzish tashkilotlari tomonidan uchastkaning chegaralari naturada belgilanib, yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi order asosida hujjatlar berilgandan keyin ruxsat etiladi.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari. Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.

3.1. Davlatning barcha korxonalari xususiylashtirish usuliga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi:

birinchi guruh iqtisodiyot barcha tarmoqlarining ishlovchilar soni 150 kishigacha bo‘lgan, asosan kimoshdi savdolari, tanlovlar yoki birja savdolarida sotiladigan mayda korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish usuli to‘g‘risidagi qaror Davlat mulki qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi shartdir;

ikkinchi guruh, Dasturning 3.2-bandida nazarda tutilgan istalgan usulda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan qolgan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi.

Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish obyektini sotish to‘g‘risida axborot bildirishi e’lon qilingunga qadar xususiylashtirishning tarmoq va mahalliy dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.

3.2. Xususiylashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish nazarda tutiladi:

xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish;

–– davlat korxonalarini ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish va ularning aksiyalarini belgilangan tartibda sotish;

–– aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish;

–– ishlab turgan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar mol-mulki (aktivlarni, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarni birja savdolarida, kimoshdi savdolarida va tanlov bo‘yicha sotish;

–– davlat mulki hisoblangan ulush (pay, aksiya)larni kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha, shu jumladan, qatnashchilarning tarkibi cheklangan tanlov bo‘yicha sotish.

3.3. Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish.

Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi:

davlatga tegishli;

mehnat jamoalariga tegishli;

xorijiy sherikka tegishli;

fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar.

Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari hokimliklar tomonidan har yili Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ishlab chiqilishi va quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:

bozor infrastrukturasining yangi subyektlarini yaratish va yangi turdagi tadbirkorlarni tarbiyalash;

mahalliy bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitish;

mintaqaning hayotini ta’minlash va hudud manfaatlariga aloqador muammolarni hal qilish.

Xususiylashtirishning mahalliy dasturlari mazkur mintaqaning respublika xalq xo‘jaligidagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olishi va davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonining o‘zini amalga oshirishda shu mintaqada yashovchi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak.

Xususiylashtirishning mahalliy dasturi muhokamasi ommaviy bo‘lishi, uning loyihasi mahalliy matbuot organlarida e’lon qilinishi, mahalliy radio va televideniye orqali eshittirilishi, ko‘rsatilishi lozim.

Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari qayta o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan aniq obyektlar ro‘yxatini, ularni xususiylashtirishdan kutilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilishi zarur:

mavjud ahvolni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlaridagi strategiya hamda taktikani belgilash;

davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati;

ishlab turgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

boshqaruvning iqtisodiy va shartnomaviy usullariga o‘tish masalalarini nazarda tutgan holda aksionerlik jamiyatlarining namunaviy ustavidan foydalanish;

mintaqaning va umuman respublikaning manfaatlarini hisobga olgan holda davlat mulkini xorijiy sheriklar va investorlarga sotish imkoniyatlariga alohida e’tibor berish.

Xususiylashtirish jarayonida korxonalarni birlashmalar tarkibidan, tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qaror respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq qabul qilinadi.

Tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi qaror texnologik majmua birligini buzmasligi kerak.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir.

Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri – bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligldir. Davlat mulkini xususiylaslitirish natijasida hokimiyat va ishlab Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiua sotib olish va korxona mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur.





Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin