301
Grafikda zararsizlikning bitta B nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq maydoni
(diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi xarajatlarni
ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OC- mahsulotni sotishdan tushgan
daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida
yalpi xarajatlar va daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi.
Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy hajmiga
bog’liq.
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YatMlar, ishlab chiqarish
unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy taqchillik va boshqalarga
bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil
qilishda hisoblarning aniqligi va ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular
quyidagilardan iborat:
yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy belgilangan va chiziqli
hisoblanadi;
hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi;
doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida mustaqil bo’lib
qoladi;
o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida hajmga nisbatan
to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi;
ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar o’zgarmaydi;
tizimli siljishlar yo’q;
ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning boshlang’ich
va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p emas.
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali emas.
Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan
sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: