14.3.1-rasm. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy
xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqasi
Masala.
Ishlab chiqarishning hajmi- 2000 dona.
Mahsulot birligining sotish narxi- 150 so’m.
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 100 so’m.
Doimiy xarajatlar- davr uchun 40 ming so’m.
Joriy foyda- 60 ming so’m (150-100) x 2000-40000) = 60000 so’m.
Faraz qilaylik, har bir ko’rsatkich 10%ga o’zgardi, unda ma’lumotlar quyidagicha
o’zgaradi.
Ishlab chiqarishning hajmi- 2200 dona (2000 x 10 % = 200);
Mahsulot birligining sotish narxi- 165 so’m (150 x 10% = 15);
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 90 so’m(100 x 10% = 10);
Doimiy xarajatlar- davr uchun 36 ming so’m (40 x 10% = 4);
308
Hamma o’zgarishlar natijasidagi joriy foyda ((165-90) x 2200 -36000) = 129000 so’m.
14.3.1-jadval
Ko’rsatkichlarning o’zgarishidan olingan natija
Omillar
Yangi foyda,
so’m
Foydaning o’sishi
So’m
%
A. Sotuv narxining ko’tarilishi
90000
+30000
+50
B.
Mahsulot
birligiga
bo’lgan
o’zgaruvchan xarajatlarning pasayishi
80000
+20000
+33
C. Doimiy xarajatlarning pasayishi
64000
+4000
+7
D. Ishlab chiqarish hajmining oshishi
70000
+10000
+17
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog’lanmagan holda harakat qiladigan sharoitda amalga
oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to’liq bir-biriga aloqadorligini va boshqalarning
ta’sir ko’rsatishini chiqarib tashlamaydi, shuningdek, sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga
yo’naltirilgan tezkor narx siyosatini va boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx
o’rnatishda ozod ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan
qiyinchiliklar sodir bo’ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor bilan,
qo’shimcha sarmoyalar bilan ham bog’liq bo’ladi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib boriladigan siyosat,
reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda- nihoyatda yangi mahsulot yoki
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning modifikatsiyasi muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan va mavjud bo’lgan assortimentga
qo’shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo’lishi mumkin yoki mahsulotni
o’zi o’zgartirilmasdan yangi uskunalar va mexanizmlarning kombinatsiyasidan tashkil topishi
mumkin.
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo’shimcha sarmoyalarni talab etadi. Shuning
uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish boyicha qarorlarni qabul qilish investitsiyalar boyicha
qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’ladi, subekt boshqaruvining yuqori darajasida
amalga oshiriladi.
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik yo’nalishlarni
aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab chiqariladigan mahsulotni
modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik
rivojlantirish; eskirgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi
turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqa hamma yo’nalishlarni aniqlovchi subektning
strategiyasida prioritet yo’nalish bo’lib qolmoqda. Innovatsion menejmentini tuzish quyidagi
formulani taklif etadi:
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot"
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror qabul qilishda
kerak bo’lgan ko’rinish, hajm va ma’lumot mazmunini topshiradi. Innovatsiya jarayonini 6ta
bosqichga bo’lish mumkin:
309
1.
Bozordagi texnologik yangi o’zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlab
chiqish bo’limlaridan (IITKI), marketing bo’linmalaridan, sotuv bo’limi appartidan, savdo
dallollaridan, xaridorlardan tushadigan ma’lumotlarni yig’ish va tizimlash; subektni yangi
mahsulotni ishlab chiqarish va tatbiq etish, tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda
mavjud imkoniyatlari haqidagi maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi
ma’lumotni yig’ish va tizimlash.
Ma’lumotni yig’ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo’lgan talabga ta’luqli
omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil mahsulotlar talabni qondirish uchun
mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari esa talab va bozorni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan
bo’ladi. Izlanish ishining eng boshida bozorni tahlil qilish mahsulotning standartlarga to’g’ri
kelishini, uning xaridorlar uchun ko’zga tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish
hajmlarini o’rnatishga imkon beradi.
2.
Yangi mahsulot g’oyasiga ta’lluqli ma’lumotni tanlash, g’oyalarning imkoniyatlari va
amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning texnologiyasida o’xshashliklar va
farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subektning ixtisosligiga to’g’ri kelishi; bo’lajak buyumning
patent tozaligini aniqlash.
3.
Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing dasturini ishlab
chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini texnik ishlab chiqish;
mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati va iste’mol xususiyatlarini baholash;
sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va o’zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash,
sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi-
mashina, uskuna, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o’zlashtirish va u
bilan birga bozorga chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va
baholash.
4.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab chiqarishda
band bo’lgan har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish;
namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik jihatdan texnik sinashlarni o’tkazish va
boshqalar; tovarning nomlanishini, uning tovar belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka
qilishni ishlab chiqish.
5.
Cheklangan bozorda mahsulotga bo’lgan narxga va boshqa tijorat shartlarga nisbatan
uch oydan kam bo’lmagan muddatda izlanishlar olib borish; sotish qilishni muqobil kanallarini
tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash.
6.
Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi, xaridorlar
bilan bo’lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari, resurslari, xodimlarning
malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga sarflangan umumiy summasini, moliyalashtirish
310
manbalari, hisoblash davriga bo’lgan foyda va zarar boyicha ko’zlanayotgan natijalarni hisoblash
asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish.
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim masala bo’lib
bu maqsad va sotish hajmiga bo’lgan sarflarning nisbatini, ishlab chiqarish sarflari va yalpi
foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi.
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo’lib butun subekt boyicha sotish hajmiga va
boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish ta’sirini baholash
qo’llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga, reklamaga ketgan
xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo’llaniladi.
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari mavjud: ekspert
baholash; foydaning kutilayotgan meyori; ehtimolli yondashish; kutilayotgan foydaning
dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko’p o’lchamligi; tarmoqni jalb qilish
qobiliyati, raqiblarning unga ta’siri va kirishi; hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni
takomillashtirish uchun yangi yaratmalarni qo’llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab
chiqarish va sotuvini subektning moliyaviy faoliyatiga ta’siri.
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko’p jihatdan mahsulotga narx o’rnatish bilan
kafolatlangan. Mahsulotga bo’lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi eski yoki shunga
o’xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o’zgarib turganligi sababli yangi
mahsulotning paydo bo’lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum bo’ladi. Shundan,
reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan mahsulotning funksional roli,
o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini
yaratish yoki talab qayishqoqligini hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga
narxni belgilash.
Turli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va foyda
koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi ishlatiladi. Qator
loyihalarning mavjudligida yirik subektlar birdaniga bir nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik
esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim
hollarda o’tmishdagi "omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining
va qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar boyicha hisobotlar tuzish tizimi
tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha qilib buxgalterlar yangi
mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar tuzishlari kerak.
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni o’tkaziladi.
Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqidagi
ma’lumot buxgalteriya hisobotida royxatga olinadi. Undan tashqari, yangi mahsulotning
bozordagi
hulqini
o’rganishning
boshqa
usullari
ham
qo’llaniladi.
Bu-
pochtali
311
korrespondensiya, savolnoma yoki telefon yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish.
Yangi mahsulotni baholashdan tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan
sharoitlar o’rganiladi, bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada
muhim o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |