343
8810 - "Grantlar»
8820 - «Subsidiyalar»
8830 - «A’zolik badallari»
8840 - «Maqsadli foydalanishga yunaltirilgan soliq imtiyezlari»
8890 - «Boshqa maqsadli tushumlar»
Subyektlarga davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (xukumat) tomonidan pul
va moddiy kurinishda tekinga berilgan yordamdir.
Davlat (xukumat) tomonidan tekinga berilgan yordam xar-xil shaklda (qo‘shimcha berish,
subvensiya va boshqalar) bulishi va har-xil shartlarga muvofiq berilishi mumkin.
Davlat (xukumat) tomonidan berilgan subsidiyalarning hisobini yuritish tartibi 10-"Davlat
(xukumat) subsiyadiyalarini hisobga olish va davlat (xukumat) yordamini tavsiflash" nomli
BXMS keltirilgan. Shu bilan bir katorda subyektlarga subsidiya (kapital) va grantlar ma’lum
dastur va loyixalarni bajarish uchun xar-xil nodavlat, xalkaro tashkilotlar va jamg‘armalar
tomonidan ajratilishi mumkin.
Subsidiya va grantlarni subyektning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari
quyidagicha:
belgilangan shartlarning bajarilishi natijasida qaytarib berilmasligi;
subsidiya va grantlarni jalb qilish yuzasidan sarflarni talab qilmaydi, shuning uchun
subyektning daromadi hisoblanmaydi (ta’lluklilik shartidan kelib chiqqan holda).
Grantlar va subsiyadilarning analitik hisobi har bir subsidiya va grant bo‘yicha va ularning
manbalari bo‘yicha yuritiladi.
Grantlar, subsidiyalar va beg‘araz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya
vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan "Davlat subsidiyalari hisobi va davlat
yordamini izohlash" nomli 10-son BHMA bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: