Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318
hisob siyosati

 
HISOB REGISTRLARI . 
Hisob registrlari
– 
bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va 
jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar.
Kitoblar
 
– bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob 
varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari.
Jurnal-orderlar
– bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd 
etishga mo‘ljallangan registrlar. 
Qaydnomalar
 
–bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga
mo‘ljallangan registrlar. 
Memorial-orderlar

bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham 
krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar.
Kartochkalar

bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida
hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda 
tayyorlangan registrlar.
Mashinogrammalar
-
bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar 
asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari.


407 
HISOB SHAKLI – 
bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va
yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
 - 
bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jurnal-
orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining ixchamlashtirilgan shakli 

bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
ixchamlashtirilgan registrlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shakli

bu buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini kompyuterlarda mashinogrammalar ko‘rinishida qayd etish, guruhlash va
yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin