Natijalar.
Tahliliy tekshiruvlar baxtsiz hodisalarda asosan quyidagi omillar ta’siri
mavjudligini koʻrsatdi:
- ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi talablari bajarilmasligi;
- xodimlarning mehnat muhofazasi qonunchiligidan yetarlicha xabardor emasligi
va shunga muvofiq oʻz haq-huquqlarini talab etmasligi;
- xodimlarning norasmiy ishlatilishi;
- mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga mablagʻ ajratilmasligi;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1144
- xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtkazish, mehnat
xavfsizligiga oʻqitish va bilimlarni tekshirgan holda ishga tayinlash tashkil
etilmaganligi;
- xodimlarning belgilangan me’yorlar asosida maxsus ish kiyimi, shaxsiy himoya
vositalari bilan ta’minlanmaganligi;
- ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilmasligi;
- ish beruvchilar tomonidan xodimlarga xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlari
yaratib berilmasligi;
- ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasiga rioya qilishi
boʻyicha yetarlicha nazorat oʻrnatilmaganligi.
Toʻgʻri, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ushbu
qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar koʻrilyapti. Xususan, joriy yilning
oʻtgan davridagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha 6118 ta yozma
koʻrsatmalar va 298 ta taqdimnomalar kiritildi, 7262 nafar mansabdor shaxsga nisbatan
4899,1 mln. soʻm miqdorida ma’muriy jarimalar qoʻllanildi.
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 2512 ta aniqlangan kamchilik
yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 228 ta yozma koʻrsatma berildi hamda
qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga
nisbatan 395543 ming soʻmlik ma’muriy jarima qoʻllanildi.
Olib borilayotgan ana shunday chora-tadbirlarga qaramay, mehnat muhofazasiga
rioya etmaslik ortidan kelib chiqayotgan baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirish,
ularning oldini olish, bartaraf qilish va fuqarolar uchun toʻliq xavfsiz mehnat
sharoitlarini yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Xulosa
Shu bois, mehnat muhofazasi boʻyicha samarali natijaga erishish va bu boradagi
sa’y-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish zarur:
Birinchi,
mehnat muhofazasi buzilganligi uchun tayinlanadigan ma’muriy
jarimalar miqdorini oshirish. Qonunchilikka muvofiq, hozirda bunday holatlar uchun
eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh barobarigacha jarima tayinlangan.
Ammo bu jarima miqdori qonunchilik oldida katta javobgarlikka ega boʻlmagani
sabab, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishida beparvolik va oʻzbilarmonlikni
keltirib chiqarmoqda. Agar buning oqibatida inson hayotiga tahdid turganligi inobatga
olinsa, amaldagi jarima miqdorining naqadar arzimasligi ayon boʻladi-qoladi.
Ikkinchi,
mehnat muhofazasi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini va profilaktika
jarayonlarini kuchaytirish joiz.
Uchinchi,
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan tashkilotlar, shu jumladan, qurilish
joylarida mehnat muhofazasi boʻyicha muntazam tekshiruv ishlarini olib borish.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1145
|