boshlang ich sinflarda tabiiy fanlarni o tishda amaliy ishlarni
www.scientificprogress.uz
Page 1069
Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yasovchilar uchun xilma-xil ko’rinish va
katta kichikliqdagi terrariumlar kiritiladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki
yog’ochdan tayyorlangan yashik bo’lib, yon va tepa devorlari shisha va to’rdan
iboratdir. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda
tepasining to’rdan bo’lishi ham ventilyasiyasini ta’ minlash imkoniyatini beradi.
Jonli tabiat burchagining o’simlik va hayvonlari uning asosini tashkil qiladi. Unga
qarab jihozlar tanlanadi. O’simlik va hayvonlar tanlovi tabiatshunoslik dasturiga qarab,
o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Barcha xona o simliklari
ularning nomlari va qachon va qayerdan olinganligi to’g’risida ma’lumotlar yozilgan
etiketkalar bo’lishlari zarur. O’simliklardan avval shundaylarni tanlash kerakki, ular
yordamida namlik, issiqlik, yorug’lik, suv iste’mol qilishdagi farqlarini, jumladan quruq
iqlimga (kaktus, aloe) nam iqlimga moslangan o’simliklarni, tropik o’simliklarni
(navro’zgul), yorug’lik sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (aspidistra) o’simliklarini
namoyish qilish mumkin bo’lsin. Keyin shunday o’simliklar tanglanadiki, ular masalan,
yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil
turlari yordamida turlicha tajribalar o’tkaziladi.
Maktab o’quv tajriba maydonchasi bevosita maktab yaqinida bo’lishi, yer tekis,
yaxshi tuproqli, soya tushmaydigan bo’lishi kerak. Uning atrofini albatta o’rash kerak
bo’ladi. Maktab tajriba maydonchasi agrotexnika nuqtai nazardan namunali bo’lsin.
Tajriba maydonchasini tashkil qilishda o’quvchilar o’tkazadigan mashg’ulotlar, mehnat
qurollarini saqlash uchun kichikroq xona bo’lishini mo’ljallash kerak. O’quv tajriba
maydonchasidagi ishlarni butun sinf bilan dars vaqtida o’tkaziladigan majburiy ishlarga,
o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda (uy vazifasi yoki yozgi topshiriq tarzida)
bajaradigan majburiy ishlarga va yosh tabiatshunoslik to’garagi a’zolarining ishlariga
ajratish mumkin.
O’quvchilar kuz davrida daraxt, buta va o’simliklar bilan, ular barglari va gullari
shakllari hamda ranglarining xilma-xilligi va chiroyliligi bilan, qo’l bilan ishlatiladigan
asboblar (xaskash, zambil) va ular bilan ishlash uslublari bilan tanishadilar. Bahorda
birinchi sinf o’quvchilari bilan o’quv tajriba maydonchasida amaliy ishlar o’tkaziladi.
Ularni urug’larni ekish va ularni parvarish qilish, sug’orish, o’toq qilish, tayanch
qoziqlarini qoqish qoidalarini bilib oladilar. Birinchi sinf o’quvchilari urug’larni ekishga
tayyorlaydilar va yerga ekadilar, o’simliklarni parvarish qiladilar. O’quvchilar kuzda
o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar vaqtida amal qilinishi kerak bo lgan mehnat
haftaligi va shaxsiy gigiena qoidalari bilan, urug’larni yig’ ish va saqlash qoidalari bilan
tanishadilar, kuzda tuproqqa ishlov berishga tayyorlaydilar, to’kilgan barg va shoxlarni
yigib oladilar, o’simlik qoldiqlari va axlatlarni chiqarib tashlaydilar. Katta yoshdagi
o’quvchilar eski tuproqni chopib beradilar. Bahorda o’quvchilar gul manzarali hamda
dukkakli o’simliklarning urug’larini ekishga tayyorlaydilar, buning uchun yirik va
sog’lom urug larni tanglab oladilar ularni ivitadilar va undiradilar (uruglarni tuproqqa