ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти
2. Korxonalar xodimlariga kafolatli va kompensatsiya to`lovlari to`lash. Barcha yollanib ishlovchi va ularga tenglashtirilgan xodimlarga (shu jumladan, qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat xo`jaligi), fermer xo`jaligi, dehqon xo`jaligi a`zosi sifatida u yerda mehnat qilayotgan shaxslarga ham) Mehnat qonunchiligi kafolatli hamda kompensatsiya to`lovlari to`lanishini nazarda tutadi.
Kafolatli to`lov, bu – xodim o`ziga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra xizmat vazifalarini bajarishdan xoli etilgani hollarda unga belgilangan ish haqini to`lanishi, vazifasi (lavozimi) saqlab turilishidan iborat.
Mehnat kodeksiga ko`ra quyidagi hollarda kafolatli to`lov to`lanadi va ish joyi (lavozimi) saqlab turilishi kafolatlanadi:
Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda (saylov huquqini amalga oshirishi, odil sudlov faoliyatida qatnashish, harbiy burchini bajarishga jalb etilish, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda);
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarishga jalb etilganida (malaka oshirish, xizmat safariga borish, ratsionalizatorlik taklifini amalga oshirish, tibbiy ko`rikdan o`tish, jamoat birlashmalari faoliyatida qatnashish va boshqalar);
Jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf qilish, inson hayotini saqlab qolish, donorlik vazifasini bajarish va boshqalar)
Xodimlar davlat yoki jamoat manfaatlariga doir, shuningdek jamiyat manfaatlariga oid ishlarni bajarishga jalb etilganlarida kafolatli to`lovlarni pul bilan ta`minlash manbaalari, to`lovlarni amalga oshirish tartibi, o`rtacha ish haqini hisoblab chiqish masalalari O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan.
Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari yollanib ishlovchi xodimlar uchun muayyan kompensatsiya to`lovlari to`lanishini kafolatlaydi.
Kompensatsiya to`lovi, bu – xodim ish beruvchi manfaatlari uchun o`z xizmat manfaatlari uchun o`z xizmat vazifalarini bajarayotgan chog`ida qilgan harajatlarini unga ish beruvchi tomonidan qoplab berilishidir.
Mehnat qonunchiligi yollanib ishlovchi xodimga quyidagi xarajatlarni kompensatsiyalanishi nazarda tutiladi:
A) xizmat safari va ko`chib yurish bilan bog`liq xarajatlar;
B) boshqa joydagi ishga ko`chib borish bilan bog`liq xarajatlarni qoplash;
V) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanayotganlik uchun xarajatlarni qoplash.
Xizmat safari – xodim tomonidan o`z xizmat vazifalarini korxona joylashgan hududdan boshqa hududga yuborilib bajarishidan iborat.
Xodimlarni xizmat safariga yuborish tartiblari, muddatlari va bu masaladagi cheklovlar O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan ro`yxatga olingan «O`zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi xizmat safarlari to`g`risidagi Yo`riqnoma» bilan belgilab qo`yilgan.
Xodimlarni xizmat safariga yuborish korxona raxbari buyrug`i va shu asosda beriladigan xizmat safari guvohnomasi bilan amalga oshiriladi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga quyidagi xarajatlar kompensatsiya qilinadi:
A) yo`l-transport xarajatlari (yo`l chiptasi asosida, taksidan tashqari);
V) turar joy ijarasi xarajatlari (tegishli to`lov hujjati asosida, ammo lyuks nomerlar ijaraga olinganida ijara qiymatining 70% miqdorida);
V) sutkalik pul (xizmat safarida bo`lgan barcha kunlar (yo`lda bo`lgan, bayram va dam olish kunlari uchun haq) uchun. Uning eng kam miqdori Toshkent shahri va viloyat markazi bo`lgan shaharlarda - har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi, boshqa aholi punktlarida 8 foizdan kam bo`lmagan miqdorda. Sutkalik pulning aniq miqdori korxona jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda ko`rsatib qo`yilishi lozim;
G) ish beruvchi bilan kelishgan holdagi boshqa harajatlar (telefon, faks aloqa xizmat haqi va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, ushbu yo`riqnomaga ko`ra tegishli hollarda yo`l-transport to`lov hujjati bo`lmagan hollarda ham belgilangan tartibda yo`l harajatlari qoplab berilishi mumkin.
Xizmat safariga yuborilgan xodim u yerdan qaytgach, uch kun ichida xizmat safari hisobotini taqdim etishi, foydalanilmasdan qolgan avans pulni buxgalteriyaga qaytarishi lozim bo`ladi. Xodimlarni xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish va bunday safar xarajatlarini qoplash tartibi tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xodim bajaradigan ish bir aholi punktidan boshqasiga ko`chib yurish bilan bog`liq blgan hollarda xizmat safari xarajatlari har oylik maoshiga belgilangan miqdorda ustama qo`shib berilishi orqali kompensatsiya qilinadi. Boshqa joydagi ishga ko`chib borish xarajatlari ishga yuborayotgan korxona yoki ishga taklif etayotgan korxona (yangidan ishga qabul qilish chog`ida) tomonidan qoplanadi va unda quyidagilar to`lanishi lozim:
ko`chish, mol-mulkni ko`chirib borish xarajatlari;
yangi joyni o`rganib olish xarajatlari;
ish beruvchi bilan kelishib olingan boshqa xarajatlar.
Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlarni qoplash. Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko`ra: «Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo`lida xodim o`ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda transport vositalarining amortizatsisi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlar, shuningdek, asboblarning, texnik vositalarning yoki o`zga mol-mulkning amortizatsiyasi ish beruvchi tomonidan to`lanishi lozim. Anashu xarajatlarni to`lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvda belgilab qo`yiladi».
Xodimga tegishli bo`lgan shaxsiy transport vositasidan xizmat safari va va boshqa ehtiyojlar uchun foydalanganida amortizatsiya xarajatlarini qoplash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-sonli Qarori bilan belgilab qo`yilgan.
Ish beruvchi tomonidan xodimlarga tegishli kafolatli va kompensatsiya to`lovlarini to`liq, o`z vaqtida to`lab berilishi mehnat munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy aholini ta`minlashning muhim sharti sanaladi.
Bunda qishloq xo`jaligi korxonasi-muassasalari, a`zolari mehnatiga haq to`lash tegishli qonunlar («Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaliga) to`g`risida», «Dehqon xo`jaligi to`g`risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida», «Fermer xo`jaligi to`g`risida») asosida, olingan foydani taqsimlash tarzida amalga oshirilishi, ular mehnatiga ushbu korxonalarning bevosita o`zida ishlab chiqilgan va qabul qilingan ichki lokal me`yoriy xujjatlar asosida haq to`lanishi nazarda tutilishi kerak.
Qishloq xo`jalik korxonalarida yollanib ishlovchi xodimlar mehnati, shu jumladan ular mehnatiga haq to`lash masalalari ushbu tarmoq xususiyatlari hisobga olingan holda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda uning asosida qabul qilingan boshqa meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yollanib ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to`lash paytida mehnat qonunchiligi bilan belgilab qo`yilgan asosiy tamoyillar: ish haqi ishning natijasiga ko`ra eng ko`p miqdori chegaralanmagan holda ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi o`zaro kelishuv asosida belgilanishi, mehnatga haq to`lash paytida ijtimoiy adolatning, ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalar manfaatlarining xisobga olinishi shartligi, ish haqi to`lashda kamsitishga yo`l qo`yilmasligi, qonunchilikka qat`iy rioya etilishi lozishigi kabi tamoyillarga amal qilinishi lozim bo`ladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar sektor xalq xo`jaligining yetakchi tarmog`i ekanligiga, qishloq xo`jaligini rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligiga asoslangan xolda davlatimiz va xukumatimiz rahbariyati ushbu sohada islohotlarni avj oldirish xamda chuqurlashtirishga katta e`tibor qaratmoqda. Shunga qaramasdan, ushbu sohada isloxotlarning sekin amalga oshayotganligi, ularning amaliy samarasi pastligi, mulkchilik va mehnat munosabatlarida yangicha qarashlar qaror topishi qiyin kechayotganligi qayd etilmoqda. Ana shunday hol yuz berishining chuqur iqtisodiy, tashkiliy, hukuqiy ildizlari mavjudligi e`tibordan soqit qilinmagani holda qishloq xo`jalik korxonalarida taqsimot prinsiplariga to`la rioya etilmayottanligi, ishlovchilar o`z mehnatliri samarasidan yetarli foydalana olmayotganliklari, moddiy manfaatdorlik yetarli ta`min etilmayotganligi, ya`ni qishloq xo`jalik korxonalarida mehnatga haq to`lashni huquqiy tartibga solish sohasida mavjud bo`lib turgan qator muammolar to`g`anoq bo`layotganligi alohida qayd etilmog`i zarur.
Hozirgi paytda ana shu muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun qishloq xo`jalik korxonalariga nisbatan soliq siyosati, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, shu jumladan strategik xom ashyoni erkin sotish siyosati, bu tarmoq korxonalariga nisbatan moliya-bank siyosati tubdan qayta
ko`rib chiqilishi, ushbu masalalarda erkinlikning yanada kuchaytirilishi shu kunning eng dolzarb vazifalaridan bo`lib qoldi. Ushbu masalalarda ijobiy o`zgarishlarga erishmasdan turib qishloq xo`jaligida tub islohatlarni amalga oshirish, bu tarmoqda ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini yaxshilash, ularni unumliroq va samaraliroq ishlashga rag`batlantirish juda qiyin.
Qishloq xo`jalik korxonalari tarkibiy va tashkiliy tuzilishini takomillashtirishga, bu korxonalarning iqtisodiy hamda huquqiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida», «Fermer xo`jaligi to`g`risida», «Dexqon xo`jaligi to`grisida»gi yangi qonunlar, hukumatimizning qishloq xo`jaligida islohotlarni avj oldirishga qaratilgan bir qator qarorlarining amalda ishlash-ishlamasligi, samarasi ko`p jihatdan bu sohada moddiy manfaatdorlikning amalda ta`minlanishiga, moddiy manfaatdorlik tamoyilining ro`yobga chiqarilishiga bevosita bog`liq bo`ladi.