Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Raqobat munosabatlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri



Yüklə 181 Kb.
səhifə4/6
tarix11.03.2023
ölçüsü181 Kb.
#87397
1   2   3   4   5   6
3-мавзу Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli

3.2. Raqobat munosabatlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Iqtisodiyot murakkab tizim bo‘lib yaxlitlik, ierarxik, ehtimollik, xususiyatlarga ega va shu sharoitda boshqariladi. Aytib o‘tilgan xususiyatlarni e’tiborga olgan holda prognozlashtirish usullarini tasnifi tuzilgan.
Prognozlash usullari 2 katta guruhga bo‘linadi: formalizatsiyalash va evristik usullar .
Shunday qilib, ilmiy prognozlashning eng muhim sharti – prognozlanadigan ob’ektlarni boshqaradigan qonunlarni chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iborat. Ob’ektiv prognozli tadqiqot konkret material asosida insonning maqsadli faoliyati, iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv xarakteriga, ob’ektiv determinizmning sababiy qonunlariga zid bo‘lmasligi haqidagi umumiy qoidani qo‘shimcha ravishda isbotlab beradi.
Prognozli tadqiqotlarni tashkil etish ishning analitik bosqichi hisoblanadi, prognozlash metodologiyasida esa kelajakning hozirgi va o‘tgan davr bilan genetik aloqasini ochib berish uchun xizmat qiladi. Prognozlash kelajakni shakllantiradigan hozirgi davrdagi omillarni aniqlashga hamda taraqqiyot omillariga faol ta’sir ko‘rsatadigan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
O‘rta darajalarni sirg‘alish usuli. Ayrim hollarda dinamik qatorlardagi ma’lumotlar tebranish bilan xarakterlanadi. Bu vaziyatda dinamik qatorlarni silliqlash zarur. Silliqlash natijasida tebranish kamayib, umumiy tendensiya yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bu maqsadda keng qo‘llaniladigan usullardan biri – o‘rta darajalarni sirg‘alish usulidir.

  • Oddiy ekstrapolyatsiya

  • O‘rtacha darajalar sirg‘alishi

  • Eksponensial tekislash

  • Eng kichik kvadratlar

  • Modellashtirish

  • Statistik modellashtirish

  • Ekspert baholash

  • Mantiqiy

  • Prognozlash usullari

  • Formalizatsiyalash

  • Evristik

Sirg‘anuvchi o‘rtacha usul o‘rtacha qiymatini aniqlash vaqtida tasodifiy
chetlamalarning o‘sish holatiga asoslanadi.
O‘rtacha faktik qiymatlar qatorlari dinamikasi tekislanayotgan vaqtda sirg‘anishning o‘rtacha nuqta davrini ko‘rsatadigan o‘rtacha qiymatlar bilan almashinadi. Odatda, o‘rtacha sirg‘anuvchi usulning ikki modifikaцiyasidan, ya’ni oddiy tekislash va vazniy tekislashdan foydalaniladi.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash ayirish yoki bo‘lish usulida amalga oshiriladi. Natijada quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi:
1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish).
2. O‘sish (yoki kamayish) koeffisienti (foizda bo‘lsa sur’ati).
3. Qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) koeffisienti (foizda bo‘lsa sur’ati).
4. 1 % qo‘shimcha o‘sishning (yoki kamayishning) mutloq qiymati.
Dinamik qatorlar ko‘rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Odatda, taqqoslanadigan daraja sifatida qatorning birinchi darajasi yoki oldingi yil darajasi qabul qilib olinadi. Agar har bir daraja o‘zidan oldingi daraja bilan taqqoslansa (ya’ni, taqqoslash yilma-yil bo‘lsa), u holda olingan ko‘rsatkich zanjirsimon, agar har bir daraja faqat doimiy bitta (ya’ni, boshlang‘ich) davr darajasi bilan taqqoslansa, u holda olingan ko‘rsatkich bazisli ko‘rsatkich bo‘ladi. Yangi omillarning ta’sirini to‘g‘rilaydigan ekstrapolyatsiya hisobga olishga qodirdir. Bunday ekstrapolyatsiya usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstrapolyatsiya qilinadigan usullarga o‘xshash bo‘lib, uning farqi shundaki, u prognoz ob’ekti dinamikasining xususiyatlarini vaqt bo‘yicha hisobga oladigan tuzatuvchi koeffisientlardan foydalanadi.
Empirik ma’lumotlarning belgilangan qonuniyatlar o‘zgarishini aks ettiradigan egri chiziqli bo‘lmagan shakli aniqlangan bo‘lsa, prognozlashda ekstrapolyatsiya usulini qo‘llanish yaxshi natijalar beradi. Bunday holda kuzatiladigan jarayonni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadigan trend (yoki tendensiya) asosida prognozlash usuli kattalikka yaxshiroq yaqinlashtiradi.
Milliy iqtisodning yalpi ichki mahsuloti (Y) asosan ikkita omilga, kapital (K) va ishchi kuchiga (L) hamda boshqa omillarga A (avtonom texnik progress) bog‘liq. Y=A F(K,L). Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIMga tasir etuvchi omillarni aniqlash lozim.
K/N* K/N
Y/L
A
(Y/N)*
Y/N=Af(K/N)

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin