Ishmuhamedov R. J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari



Yüklə 93,87 Kb.
səhifə6/6
tarix16.09.2023
ölçüsü93,87 Kb.
#144194
1   2   3   4   5   6
24. Ta’lim tizimida masofaviy ta’lim tizimining o‘rni.

O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi.
O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin.
O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. O‘quvchi-talabaning o‘qituvchi (pedagog)ga va o‘zaro muloqotdagi ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rivojlantiradi.
O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish. Tejamlilik o‘qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. O‘quv xonalaridan foydalanishi, yo‘l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‘qituvchi (pedagog)lar mehnatiga haq to‘lash. Ular o‘z bilimlarini masofadan o‘qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.
O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‘qitish texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‘llari bilan jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish tizimlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta’minlaydi.
Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.
Yüklə 93,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin