МТ= К . N bu yerda, K – Dumalashdagi ishqalanish koeffitsiyenti;
N – ishqalanuvchi yuzalarni natijaviy bosim kuchi.
Dumalashdagi ishqalanish momentini yo’nalishi nisbiy burchak tezlik yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalgan.
7.2 – rasm. Ishqalanish momentini o’zgarish grafigi. 7.2. Sistemani tebranma harakatida ishqalanish kuchlari Tebranuvchi sistemalarning kinematik juftlaridagi ishqalanish kuchlarining momentini hisobga olish ancha murakkab. 7.3 – rasmda bir massali tebranuvchi sistemaning sxemasi keltirilgan. Massa markasiga o’rnatilgan podshipniklarda aylanadigan debalansning qo’zg’atuvchi kuchi m massani tebranma harakatlantiradi. Debalansli shkivning tayanchidagi quruq ishqalanish kuchi murakkab chiziqsiz funksiya hisoblanadi:
FТ= mg f(rg - │x│) bu yerda, mg - debalans massasi;
f – po’latni po’latga ishqalanish koeffitsiyenti;
rg – debalans radiusi;
х – koordinata boshidan m massaning og’ishi;
φ – debalansning burchal siljishi.
7.3 – rasm. Bir massali tebranma sistemaning sxemasi. 7.3. O’z- o’zini tekshirish savollari 1. Qanday ishqalanish kuchlarini bilasiz?
2. Quruq ishqalanishli juft ishqalanuvchi jismlarni ko’rsating.
3. Dumalashdagi ishqalanish qanday harakter
4. Shkivning tayanchini tebranishida qanday ishqalanish kuchlari hopsil bo’ladi?