-bob. O‘zini o‘zi band qilganlar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi
5-bob. O‘zini o‘zi band qilganlar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi 45. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan va tashkil etilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan fuqarolar mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingandan yoxud ishsiz shaxs sifatida e’tirof etilgandan so‘ng kasb-hunarga o‘qitish uchun yuboriladi.
Bunda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingandan yoxud ishsiz shaxs sifatida e’tirof etilgandan so‘ng kasb-hunarga o‘qitish qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
46. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mazkur Nizomning 3-bandida qayd etilgan o‘quv muassasa (tashkilot)larida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga o‘qitilishi mumkin.
Bunda mehnat organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinmaydilar hamda ishsiz deb e’tirof etilmaydilar, ammo mehnat organlari yo‘llanmasi asosida o‘quv muassasa (korxona, tashkilot)larga kasb-hunarga o‘qitish uchun yuboriladilar.
4-bob. Yakunlovchi qoida 47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.