Ishsizlik nima


Ishsizlikning tabiiy darajasi. A. Ouken qonuni



Yüklə 70 Kb.
səhifə6/8
tarix13.06.2023
ölçüsü70 Kb.
#129383
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishsizlik nima

4. Ishsizlikning tabiiy darajasi. A. Ouken qonuni

Ishsizlik darajasining tabiiy miqdori qancha bo’lishi mumkin, degan masala ustida iqtisodchilar juda ko’p fikr bildiradilar, lekin biror mamlakatda uning aniq miqdori belgilangan emas. Masalan, AQShda ishsizlar sonining tabiiy darajasi 1960 yillarda 4-6% ga ko’tarildi. Inflyasiya darajasi yuqori bo’lgan davrdagi ishsizlik darajasi tabiiy me’yoriy holat deb ifodalanib, ishlab chiqarishning potensial imkoniyati bilan bog’liqlikda bo’ladi. Agar bandlik yuqori bo’lib, ishlab chiqarishda ham ko’p bo’lsa, spiralsimon inflyasiya yuzaga keladi.


Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo’ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy ishsizlik u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi inflyasiyaning kuchayishini to’xtatib turadi.
Hozirga vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tabiiy ishsizlik darajasi quyidagi sabablarga ko’ra ortishi mumkin:

  1. Mehnatga o’smirlar, ayollarning jalb etilishi.

  2. Davlatning iqtisodiy siyosati ishsizlarga kam maosh to’laydigan ishlarga yollanmasdan uzoq muddat yuqori ish haqi to’laydigan ishni qidirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtdi ko’pchilik mamlaktlarda ishsizlarga 16 dan 26 haftagacha olayotgan eng so’nggi ish haqining 50 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi to’lanadi va soliqlardan ozod etiladi, natijada ular ish haqining 60-70 foizi miqdorida pul ola boshlaydilar.

  3. Tarkibiy ishsizlikning kuchayishi ishsizlik tabiiy darajasining o’sishiga olib keladi. Masalan, qishloq xo’jaligining sust rivojlanishi.

Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo’q. Hali hyech kim iqtisodiyot uchun eng maqbul ishsizlik darajasini isbotlashga erishgani yo’q. Aksincha, ayrim hisoblardan ko’rinadiki, yalpi milliy mahsulotning yuqori darajada o’sishi ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytiradi.
Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo’lib qolaveradi. Chunki, yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o’z imkoniyat darajasiga yetmagan bo’ladi. Yalpi milliy mahsulotni potensial darajasiga o’stirish esa haddan tashqari iqtisodiy farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyasiya kuchayishi mumkin. Quyidagi tadbirlar ishsizlik tabiiy darajasiga erishishga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin:

  • ishsizlarni davlat tomonidan hamoyalash darajasini kuchaytirish.

Xalqaro mehnat tashkiloti standarti bo’yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5 – 2,5% ni tashkil etadi.
Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A.Ouken qonuniga ko’ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi.



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin