Islom Abdugʻaniyevich Karimov



Yüklə 28,06 Kb.
səhifə2/3
tarix04.04.2023
ölçüsü28,06 Kb.
#93304
1   2   3
Qosimov Sirojiddin Tarix #2

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Oilasi
Ilmiy faoliyati
Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),

  2. „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),

  3. „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),

  4. „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),

  5. „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),

  6. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),

  7. „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),

  8. „Barkamol avlod orzusi“ (1998),

  9. „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),

  10. „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),

  11. „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),

  12. „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),

  13. „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),

  14. „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)

  15. Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Oilasi


  • Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894-1967-yil) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.

  • Onasi — Sanobar Karimova, (1902-1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.

  • 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyor ismli oʻgʻli bor.

  • Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan).

  • Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan).

  • Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926-2015), professor.

  • Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931-1989).

  • Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933-1976).

  • Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934-1995), professor.

  • Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941-2009).

  • 1971-yildan Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.

  • Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.

  • Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.

1985 yil aprelь plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi. Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi. Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:
1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.
2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. 3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so’z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo’ldi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir 1989-yilga kelib sobiq Ittifoqda vaziyat anchagina murakkablashgan edi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham. Boz ustiga respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Ittifoqda oxirgi o‘rinlarni egallardi. Millatlararo va etnik nizolar vaziyatni yanada keskinlashtirgan bir paytlar edi.1989-yilning iyun oyida Farg‘ona oblastida mesxeti turklar bilan o‘zbeklar o‘rtasida, keyinchalik «Farg‘ona voqealari» nomini olgan ommaviy to‘qnashuvlar yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 735 ta xonadonning, 28 ta davlat obyektlari va 275 ta transport vositalarining kuli ko‘kka sovurilgan.Boshqa oblastlar ham notinch edi. Xususan, Toshkent, Yangiyo‘l, Chirchiq (Toshkent oblasti) da va Ishtixon (Samarqand oblasti) da norasmiy mitinglar uyushtirildi. Turklar o‘rtasida vahima kuchayib, ularning ko‘pchiligi zo‘ravonlik qurboniga aylanishdan qo‘rqib, ishga chiqmay qo‘ydi. Qator rayonlarda hokimiyat jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘ra boshladi. Aholining aksariyati turklardan iborat bo‘lgan Bo‘ka rayonidagi yo‘llarda nazorat-tekshiruv punktlari o‘rnatilib, turk mahallalari qattiq himoyaga olindi. Sirdaryo oblastida beqarorlik va tartibsizlikni keltirib chiqarishga uringan mahalliy aholi vakillari hibsga olindi.Aynan shu kunlarda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari R.Nishonovni SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi etib saylaydilar va endi u lavozimiga ko‘ra doimo Moskvada bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa respublika amalda rahbarsiz qolgan edi.Mana shunday murakkab vaziyatda nafaqat respublikani boshqarish, balki yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish qobiliyatiga ega insonni zudlik bilan topish Markaz uchun o‘ta muhim masalaga aylandi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat va alohida respublikalarning taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan KPSS MKning Siyosiy byurosi a’zolari O‘zbekiston kompartiyasining Birinchi sekretari lavozimiga oid masalada Islom Karimov nomzodi bo‘yicha bir xil fikrda emas edilar.
Islom Karimovning o‘zi bu voqealarni shunday xotirlaydi: 1989-yilning iyun oyi. Dahshatli kunlar edi. Yong‘inlar, talon-tarojlar... Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘ka. Kul bosib yotgan cho‘g‘ alanga olib, fuqarolar urushi xavfi soat sayin kuchayib borayotgan bir payt. Kamsitishlar oqibatida yillar davomida yig‘ilib kelgan alamzadalik to‘lqini butun respublikani junbushga keltirgan. Hokimiyat vaziyatni boshqara olmay qolgan.
Markazda beqarorliklarni to‘xtatib, respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan odamni qidirishar edi. Oxir-oqibat menga murojaat qilishdi. Tarozi pallasiga kelajagim tugul, hayotim qo‘yilayotganini tushunardim. Balandparvoz gaplar deb qabul kilmang-u, menga kuch beradigan, ishonch beradigan bitta narsa bor edi: xalq meni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi.Hozir aniq eslolmayman, 10 yoki 11-iyun kunlari Siyosiy byuroda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan edi. Muhokama bepisandlik ruhida olib borilayotgan edi. Beandisha tanbehlar, o‘rinsiz gaplardan keyin men minbardan turib Gorbachevga murojaat qildim: «Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni qaytaring. Bu yerda kimlarnidir qoniqtirmayotganimni ko‘ryapman. Rafiq Nishonovni olti oy muddatga o‘z lavozimida qoldirishingizni so‘rayman. U tartib o‘rnatganidan keyin bugungi masalaga yana qaytishimiz mumkin. Menga esa ketishimga ruxsat bering». Gorbachev meni to‘xtatishga urindi. Men esa, «Meni ko‘ndirishga urinmang. Men uchun hamma narsa ravshan. Ketishimga ruxsat bering» dedim. «Qaroringiz qat’iy ekan, boraqoling», dedi Gorbachev. Men Toshkentga uchib ketdim va zavodga qaytishga qaror qildim. Oilam uncha katta emas. Bir kunimni ko‘rarman.Biroq, ikki kundan keyin uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qilib, Moskva mening nomzodimni ma’qullaganini aytdi. 
Yüklə 28,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin