Islom diniyning vujudga kelishi va tarqalishi


Islomdagi asosiy oqimlar va mazhablar



Yüklə 48,1 Kb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü48,1 Kb.
#176351
1   2   3   4
Islom diniyning vujudga kelishi va tarqalishi

4. Islomdagi asosiy oqimlar va mazhablar.


Jahondagi barcha yirik dinlar O`z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yO`nalish va oqimlarga bO`lingan. Chunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e`tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir.
Islom ham O`z tarixiy taraqqiyotida bunday bO`linish, aniqrog`i, ajralishdan chetda qolmagan. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar yO`nalishi shakllangan, sO`ngra yana ikki yirik oqim - sunniylik va shialikka ajralgan. Yuzaki qaraganda, islomga e`tiqod qiluvchilar orasidagi ixtilof gO`yoki faqat diniy masalalar tufayli tug`ilgandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. Tarixdan ma`lumki, islomning shakllanishi, mustaqil dinga aylanish davri uzluksiz davom etgan jangu jadallar bilan O`tgan. Zero, Muhammad davridan boshlab Ali davriga (661 yilga) qadar va undan sO`ng islom Arabistondan tortib, Shimolda Ozarbayjongacha, Sharqda Movaroun-nahrga qadar, Janubda Arab dengiziga, /arbda esa Tripolitaniyaga qadar yoyilgan. Arab istilochilari Movarounnahr (arablar O`rta Osiyoni shunday atama bilan-“daryo ortidagi yerlar” deb ataganlar) ni bosib olishni VII asrning 70-yillaridan boshlab faqat VIII asrning O`rtalariga kelgandagina tO`liq tugallashga muvaffaq bO`lganlar. Chunki mahalliy xalqlar arab istilochilariga qattiq qarshilik kO`rsatganlar. Bu jarayonni tasdiqlovchi Muqanna, Sumbad Mug, /urak, Divashti boshchiligidagi yirik xalq qO`zg`olonlari tarixdan ma`lum. Boshqa mamlakat va xalqlar hayotiga islomni kiritish va bosqinchilarga qarshi qO`zg`olonlar keyingi asrlarda ham davom etgan.
Islom IX-X asrlarda Tatariston, X-XII asrlarda Boshqirdistonga kiritilgan; Qozog`iston va Qirg`izistonda esa bu jarayon XIX asrda ham davom etgan. Dinning bunday keng miqyosda yoyilishi faqat ishontirish bilan bO`lmagan, albatta. Bunda qilich va kuch hal qiluvchi rol O`ynagan. Jihod g`oyasi dinni yoyishda muhim omil bO`lgan.
Islomdagi yirik yO`nalishlarning paydo bO`lishi va ularning mohiyati haqida qisqacha tO`xtalib O`tamiz.
Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yO`nalish hisoblandi. Musulmonlarning juda kO`pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e`tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka e`tiqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an`ana, xatti-harakat tarzi degan ma`nolarni bildiradi. Sunniylik degan sO`z arabcha “Sunna”-“muqaddas rivoyat”, ya`ni Muhammad tO`g`risidagi rivoyatlar va uning hadislari tO`plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bO`lgan kO`rsatmalar, amallardir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bO`lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bO`lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur`ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar tO`plami deb qaraladi. U VII asr O`rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalik-dagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash O`z ifodasini topgan. Uni tO`plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy asosiy rol O`ynaganlar.
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bO`yi, Sibir, O`rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda tO`rtta shariat maktabi - hanifiylar, malikiylar, shofi`iylar, xanbaliylar mazhablari bor.
Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma`nolarni beradigan arabcha “shia” sO`zidan kelib chiqqan. Shialik O`z ahamiyati va tarafdorlari soniga kO`ra islomdagi ikkinchi yO`nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning tO`rtinchisi Ali tarafdorla-rini birlashtirgan. U juda kO`p sektalarga bO`linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bO`lib, agaxonlar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol O`ynamoqda.
Shialar Arabistonda paydo bO`lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bO`lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qO`liga O`tgan.
Garchi islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bO`ysundirilgan boshqa xalqlardan tashqari musulmon arablarning O`zlarini ham qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bO`lgan arablar Usmonga qarshi qO`zg`olon kO`tarib, uni Madinada O`ldirishgan. Xalifalik lavozimiga Ali kO`tarilgan. Biroq, u O`z hokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga majbur edi. Ali tarafdorlari u payg`ambarning amakivachchasi va kuyovi bO`lganligi uchun musulmonlarning boshlig`i bO`lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bO`lib O`tishi kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari g`olib chiqqan. Ali tiriklik chog`idayoq Muoviya xalifa deb e`lon qilingan.
Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarni uzurpatorlar, ya`ni siyosiy hokimiyatni zO`ravonlik bilan qO`lga olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bO`lgan 12 imomdan iborat O`z sulolalarini ularga qarshi qO`yganlar. Ular Alini, uning O`g`illari - Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan.
Xorijiylar. Bu oqimning nomi “chiqish”, “qarshi bO`lish”, “qO`zg`olonchi” ma`nolarini anglatuvchi arabcha “xaraja” sO`zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. U Ali bilan Muoviya O`rtasida xalifalikning oliy lavozimini qO`lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bO`lgan. Usmon O`ldirilgach, Madina shahrida Ali xalifa etib saylangan. Biroq Usmon hukmronligi davrida O`zining iqtisodiy, siyosiy ahvolini mustahkamlab olgan arab zodagonlari Alining xalifaligini tan olmaganlar. Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari Alidan O`ch olishga kirishganlar. Uni hatto Usmonning O`ldirilishida ham ishtirok etgan, deb e`lon qilganlar. Ali bilan Muoviya tarafdorlari O`rtasida shiddatli siyosiy kurash boshlangan. Ali O`zining turar joyini Kufa shahriga kO`chirib, Iroq va Erondagi arab qabilalariga tayangan. Xorijiylar harakatining paydo bO`lishiga Alining Muoviyaga qarshi kurashda kO`rsatgan qat`iyatsiz-ligi, uning O`z dushmanlariga yon berishi bevosita sabab bO`lgan. Alining bunday jur`atsizligi uning tarafdorlari noroziligiga sabab bO`lgan. Ulardan eng qat`iylari (12 mingga yaqin jangchi) Ali tomonida turib Muoviyaga qarshi jang qilishdan bosh tortgan. Ular Alining O`ziga qarshi dushmanga aylanganlar, xorijiylar uyushmasini tuzib, Aliga ham, Muoviyaga ham qarshi jangovar kurash boshlaganlar.
Xorijiylar 661 yili Alini O`ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin xorijiylarning yirik qO`zg`o-lonlari bO`lib O`tgan. Ular X asr Shimoliy Afrikada hatto O`z davlatlarini - rustamiylar sulolasini ham O`rnatishga muvaffaq bO`lishgan. Xorijiylar O`z davrida birmuncha demokratik shiorlarni olg`a surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yO`qotgan. Ular Jazoir, Ummon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchraydi.
Sufizm - islomdagi yirik oqimlardan biridir. Uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi diniy-mistik falsafiy oqim bO`lib, ta`limotining asosiy ma`nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yO`llari 4 bosqichdan iborat deb hisoblagan. Bular shariat, tariqat, ma`rifat, haqiqatdan iborat bO`lib, har bir bosqichning murakkab talablari musulmonlar umrini tamoman qamrab olagan.
Sufiylik oqimi tariqatlari O`rta asrlarda har xil joylarda turli kO`rinishda bO`lgan. Masalan, Markaziy Osiyoda naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, Tataristonda - voisovchilar va boshqa turlari tarqalgan.
Islom tarqalgan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy O`zgarishlar natijasida turli davrlarda musulmonlarning har xil guruhlari, ayniqsa kO`proq sektalar paydo bO`la boshlagan. Bular sunniy va shia yO`nalishlaridan ajralib chiqqan bO`lib, musulmon sektalari deyiladi. Bularni islomdagi hanafiya, hanbaliya, shofi`iya, malikiya kabi mazhablar bilan aralashtirmaslik kerak.
Islom sektalari musulmonlarning diniy uyushmalari bO`lib, ularning soni juda kO`p, islom mamlakatlarining deyarli hammasida mavjud. Chunonchi, ahmadiy, alaviy, ibodiy, idrisiy, qodiriy, muridiy, rashidiy, tijoniy, hamoliy, shodiliy va boshqalar sunniylar yO`nalishidan ajralib chiqqan sektalardir. Xorijiy, ismoiliy, zaydiy, nizoriy, ionaashariy, druz, bahoniy va boshqa mazhablar esa shialar oqimidan ajralib chiqqan. Ularning kO`plari tarqab ketgan. Islom sektalaridan ba`zilariga qisqacha tO`xtalamiz.
Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr O`rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta - Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bO`lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qO`zg`oloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qO`shinlari bilan bO`lgan jangda O`z tarafdorlari bilan birga halok bO`lgan.








Yüklə 48,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin