Islom jahon dini


Qur'oni Karim islom dinining muqaddas yozuvi



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə9/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Qur'oni Karim islom dinining muqaddas yozuvi. Qur'oni Karim Yer yuzi musulmonlarining muqaddas kitobi, dasturulamani, diniy ahkomlar manbaidir.

Qur'on so'zi arabcha, «qiroat qilish», ya'ni o'qish fe'lidan olingan bo'lib, «o'quv» yoki «o'qish» ma'nosini bildiradi. Ko'p dinlarda, ular vujudga kelgan davr tushunchasiga xos ravishda bularni «yozuv» yoki «yozuvlar» (masalan: xristian dinida «pisaniye» yoki «svyashennoye pisaniye») deb atash odat bo'lgan. Bunga o'xshash nomlar islomda ham Qur'onga nisbatan keng qullanilgan. Masalan, «Kalomi Alloh» (Alloh so'zi), «Kalom ash-sharif» (Muqaddas so'z), «Mushaf ash-sharif» (Muqaddas yozuv bu yerda «mushaf» yozuv ma'nosida) va h.k.

qur'oni Karimning oyat va suralari Muhammad payg'ambar davrlarida og'zaki qabul g'ilinib, yoddan talaffuz qilinar edi. Uning Qur'on shaklida matnini to'plash va kitob shakliga keltirish Muhammad payg'ambardan so'ng amalga oshirilgan.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) nozil bo'lgan oyatlarni kelgusida bir mukammal mushabi sharif sifatida keltirish uchun sahobai kiromlardan to'rt kishini – Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu sufyon, Ubay ibn Ka'ab, Zayd ibn Sobitni o'zlariga kotib qilib olgan ekanlar. Sahifalarni jam qilish va to'liq bir kitob shakliga keltirish harakati janobi payg'ambarimiz alayhissalom vafotlaridan keyin Abu Bakr Siddiq xalifaligi davridan boshlangan. Bu harakat ikkinchi xalifa hazrati Umar davrlarida davom etib, hazrati Usmon ibn Affon xalifalik zamonlarida tugallangan. qur'on sura va oyatlarini to'plash, tartibga solish Zayd ibn Sobitga topshirilgan. U o'zi va payg'ambarga yaqin bo'lgan ishonchli kishilar yoddan bilgan matnlarni to'plab ko'chirgan. 651 yili to'zilgan bu to'plam «mashaf», ko'pincha «Usmon mushafi» nomi bilan yuritilgan. Yangi tuplamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan undan uch nusxa ko'chirilib, Kufa, Basra, Damashq shaharlariga yuborilgan. Usmon mushafi muqaddas yozuv sifatida tasdiqlanib, rasmiy ravishda e'tirof etilgan. Bulardan bittasi O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.

Qur'on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo'lishi bilan birga axloqiy da'vat, huquqiy me'yorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash tarzining eng muhim jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan yozuvdir. Uning oyatlari ommaviy va xususiy marosimlarda, namoz, davlat va oila bayramlarida, kundalik hayotga aloqador turli anjumanlarda o'qilgan. Bu yozuvdagi juda ko'p so'z va iboralar, tilidan va millatidan qat'i nazar, islomni qabul qilgan xalqlarning adabiy tiliga, kundalik muomala tiliga asrlar davomida singib ketgan.

Qur'on jahon adabiyotining o'ziga xos bir yodgorligidir. U Sharq xalqlarining ijtimoiy va ma'naviy rivojiga ulkan ta'sir ko'rsatgan butun bashariyatning madaniy merosi qatoriga kiradi.




Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin