Atmosfera havosini siklonlar yordamida tozalash usulini o`rganish
Havo yoki gazlar quyidagi 3 ta asosiy maqsadlarda tozalanadi: 1. Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya`ni havo tarkibidagi changning miqdori uning ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyasidan (RECHK) oshib ketmasligini ta`minlash uchun; 2. Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun; 3. Texnologik jarayonlarga salbiy ta`sir etuvchi va asbob-uskunalar, hamda qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo yoki gaz aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun. Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tozalangan hisoblanadi, agar havo tarkibidagi changning miqdori uning RECHK sining 30% ni tashkil etsa. Aks holda havo toza hisoblanmaydi.
Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (CO) mavjud bo`lib, havoni ushbu gazdan tozalash kerak bo`ladi. Ma`lumki, CO ning havodagi RECHK si 5 mg/m3 ga tengdir. Yuqoridagi ta`rifga asosan proporsiya tuzamiz:
5 mg/m3 - 100 %
x - 30 % ,
u holda
X= 50*30 = 1,5 mg
100 m^2
Ushbu hisob-kitoblardan xulosa shuki, havoni CO gazidan tozalagandan keyin,
tozalangan havo tarkibida CO ning konsentratsiyasi 1,5 mg/m3 ni tashkil etgan bo`lsa,
bu RECHK sining 30 % ni tashkil etadi demak, havo tozalangan va u inson hayoti,
o`simliklar va hayvonot dunyosi uchun zararsiz hisoblanadi.
Sorbsiya – bu atrof-muhit tarkibidan kerakli moddalarni qattiq jism yoki
suyuqlik yordamida shimib olish jarayonidir. Agar havo yoki gazni qattiq jism o`ziga yutib olsa, unda bu jarayonni adsorbsiya deyiladi va agar suyuqlik o`ziga yutib olsa – absorbsiya deb ataladi. Agar yutib olingan modda (masalan, zaharli gaz yoki suyuqlik, yoki uning bug’lari) qattiq jism tarkibidan ajralib chiqsa, ya`ni qattiq jism “terlasa”, unda bu jarayonni desorbsiya deyiladi.48