“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyoti” mavzusida tayyorlagan kurs ishi toshkent-2020



Yüklə 136 Kb.
səhifə5/7
tarix01.03.2023
ölçüsü136 Kb.
#86086
1   2   3   4   5   6   7
“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot (2)

Hind sivilizatsiyasi. Ko‘p ming yillik tarixga ega Hind sivilizatsiyasi ba’zilar o‘ylaganidek Hind daryosining shimoliy qirg‘oqlaridan kelib chiqmagan, balki u erga kirib kelgan qadim Shumer madaniyati ta’sirida yuzaga kelgan. Keyinchalik Shumer madaniyati hind muhitida o‘sdi, chuqur ildiz otdi va natijada tarixdagi buyuk sivilizatsiyalardan biriga aylandi.
Hind sivilizatsiyasi zamirida afsonaviy xudolarga ibodat qilish yotadi. Unda mil. avv. 475-375 yillar oralig‘ida buddizm da’vat etgan ma’naviy, axloqiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan me’yorlarga chaqiriladi. O‘z navbatida, Hind yoki Gupta tsivilizatsiyasi Hindiston, Markaziy Osiyo va Evropani vayron qilgan Xun qabilalari tomonidan yo‘q qilindi. Bu Hind sivilizatsiyasining boshqa tsivilizatsiyalar ta’sirida bosqichma-bosqich rivojlanganidan dalolat beradi. Shu tarzda ushbu sivilizatsiya turli madaniyatlar ta’siri ostida yashadi. Lekin shu bilan birga Hind yarim oroli mil. av. 1500 yillikdan to mil. 400 yilgacha hinduiylik ta’sirida bo‘lganini tarixdan ma’lum .
Hind sivilizatsiyasi haqida uning dunyo ishlarini yengillashtirishga yo‘naltirilgan tafakkur va zuhdga, ya’ni tarkidunyochilikka asoslanganligini alohida aytish mumkin. Ushbu masalada Abu Rayhon Beruniyning 1030 yilda yozilgan va “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Tahqiq mo lil Hind min ma’quda maqbula fil aql av marzula» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash »)” kitobida batafsil to‘xtab o‘tilgan. Bugungi kunda Hindiston o‘zining ulkan zamonaviy tsivilizatsiyasi bilan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy sohalarda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Xitoy sivilizatsiyasi. Xitoy sivilizatsiyasi mil. avv. ikkinchi ming yillikda paydo bo‘lgan. Unda Hind sivilizatsiyasiga xos jihatlar mavjuddir. Xitoy madaniyatlarini o‘zida birlashtirgan ushbu sivilizatsiyaning moddiy va ma’naviy asoslari mil. av. 1223-1786 yillarda shakllangan. Xitoyliklar bu davrda yondashuvlari turli xil bo‘lishiga qaramay o‘zlarini yer yuzida hurmat va e’tiborga munosib yagona xalq, deb hisoblaganlar.
Xitoy sivilizatsiyasining xususiyati shundaki, u xolis xitoyga taalluqli bo‘lib, unga boshqa sivilizatsiyalar juda kam ta’sir ko‘rsatgan. Chunki Xitoy ikki holatdan tashqari paytlarda boshqa davlatlarga bo‘yin sunmagan. Birinchisi, mo‘g‘ul hukmdorlari davri bo‘lsa, ikkinchisi, XX asrdagi mustamlakachilik bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri, mo‘g‘ul iste’losi o‘zidan keyin katta iz qoldirdi, biroq ularning barchasi zamonlar o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketdi. G‘arb iste’losi esa, Xitoy tsivilizatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ma’lum darajada o‘zgarishlarga omil bo‘la oldi. Konfutsiylik ta’limoti Xitoy sivilizatsiyasiga ulkan asos vazifasini bajargan omillardan sanaladi. U o‘z navbatida Xitoyning katta davlat bo‘lib shakllanishi, davlat tizimining mustahkam ildiz otishi va dunyo siyosatiga ta’sir o‘tkazishida o‘z o‘rniga ega. Shu sabab ushbu ta’limot xitoyliklar tomonidan yuksak qadrlanadi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin