Islomiy fondlar


DAROMADLARNI POKLASH JARAYONI



Yüklə 40,99 Kb.
səhifə15/29
tarix15.05.2022
ölçüsü40,99 Kb.
#58013
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
6-b. Islomiy fondlar

DAROMADLARNI POKLASH JARAYONI

Shariat tekshirish amaliyoti bilan tanishganimizdan so’ng endi shariatda daromadlarni poklash prinsipi nima ekanligiga o’tamiz



Daromadlarni poklash

Islomiy jamg’armalarga doir daromadlarni poklash jarayoni deganda, kishilarnining daromadidagi shabhali va shariat ta’qiqlagan yo’llar orqali jamg’arilgan qismidan poklashni tushunish mumkin.

Bugungi kun foiz stavkasiga asoslangan iqtisodiyotda, tadbirkorlik faoliyatini bu kabi shariat ta’qiqlagan ishlarga aralashmay tashkil qilish juda ham murakkab ishdir. Shuing uchun ham shariat ulamolari kishilarga qanday qilib daromadlarini bu kabi shubhali qismidan halos bo’lish borasida yo’l ko’rsatib berishgan. Bu tartib islomiy iqtisodiyot to’la amal qiladigan holatga kelguncha vaqtinchalik qo’llash uchun ishlab chiqilgan. Bu holatda shariat harom va shubhali daromadlar miqdori fond menejeri va shariat kengashi tomonidan aniqlanadi va vaqti-vaqti bilan xayriya qilinadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har qanday taqdirda ham shariatda ta’qiqlangan daromadlarni ishlatish mumkin emas.

Poklash metodi

Vositachi, agent yoki menejerning komissiyasi yoki ish haqini olib tashlash yoki ushlab qolish majburiy emas, chunki bu ularning bajargan ish o'rniga huquqidir. Vositachilikda esa, u bilan shug'ullanuvchi shaxsni taqiqlangan komponentni yo'q qilish mexanizmi to'g'risida xabardor qilishi shart. Tashkilot ushbu xizmatlarni xohlovchi dilerlar uchun haq yoki to'lovsiz taklif qilishi mumkin.

Investitsiya menejeri quyidagi ko’rsatkichlari bo’yicha daromadlarning shubhali va harom hisoblangan qismini hisoblab chiqadi:



i) ta’qiqlangan faoliyatlardan olingan daromad:

ii)foiz stavkasiga asoslangan faoliyatlardan olingan daromad:

iii)boshqa barcha nopok daromadlar.

Hisoblash vaqti

Moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddat ichida o’rganib chiqqan holatda, fond menejeri jami daromaddan qancha qismi shubhali manbalardan ekanini aniqlaydi va jamg’arma a’zolariga bu haqida habar beradi. Jamg’arma daromadlarining harom va shubhali miqdori ma’lum bo’lgach, fond boshqaruvchilari tomonidan shu qism daromad qayta baholash vaqtida chegirib tashlanadi.

Fond boshqaruvchilari dastlab jami fond uchun nopok bo’lgan daromad miqdorini, keyinchalik jamg’armining har bir investorining ulushiga nisbatan hisoblab chiqishadi va investorlarga bu haqida ma’lumot taqdim qilishadi.


Yüklə 40,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin